Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Qanday unutay...???
Siz bergan orzular tengsiz bebaho,
Qanday men ulardan baridan kechay.
Mayli keting roziman ammo,
Faqat aytib keting qanday unutay.
Muhabbat ko'ngilda ildiz otgan vaqt,
Yuragim tubida yonayotgan dard.
Sizga nasib etsin eng chiroyli baht,
Faqat aytib keting qanday unutay.
Begona qalblarning mehmoni bo'ling,
Tengsiz go'zallarning armoni bo'ling.
Kimnidur eng aziz insoni bo'ling,
Faqat aytib keting qanday unutay.
O'shal yoringizni yurakdan suying,
Ul o'tgan onlarni unuting qo'ying.
Istagim o'g'lingiz ismini JASURBEK qo'ying,
Faqat aytib keting qanday unutay...???
Категория: Ayriliq & Xiyonat sherlari | Добавил: SONE (02 Ноя 2016)
Просмотров: 1795 | Рейтинг: 1.0/7