Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

O'zim bilaman
Dardim bildirmay sizga kulaman,
Ammo ich_ichimdan ko'ksim tilaman...
Sizni harchand avrab dalda bersamda,
O'zimdan o'tganin o'zim bilaman...

Hammaga jilmayib ko'chayu_kuyda,
Tabassum ulashib bayram yo to'yda...
Goh yolg'iz qamalib yig'layman uyda,
O'zimdan o'tganin o'zim bilaman...

Ne qilay ko'ksimni teshadi armon,
Visol armon bo'lsa, muhabbat yolg'on...
Har oqshom ko'ksimga qulaydi osmon,
O'zimdan o'tganin o'zim bilaman...
Категория: Ayriliq & Xiyonat sherlari | Добавил: SONE (05 Июн 2016)
Просмотров: 2928 | Рейтинг: 1.0/4