Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Yomg'ir
Osmonda qora bulut maydalab yog'ar yomg'ir,
Dilim xira ko'nglim g'ash nimadir bo'ladi sodir,
Orom bermoqlik istab yurak xafsalasiga,
Bu safargi yomg'ir xech yoqmasdi o'zimga,
Qo'llarida soyabon kelardi qiz men tomon,
Juda mayus ko'zlari kayfiyatixam yomon,
Kuzatib bordim ortidan ivib ketdim yomg'irdan,
G'amginligi bilinar xar bir bosgan izidan,
Ertasi kun o'sha xol xaligacha qiz xomush,
Paydo bo'ldi bir gumon o'xshamaganmi turmush,
Asta borib oldiga xol axvolin so'radim,
Nega doim g'amginsiz ko'p marota kuzatdim,
Ko'zida yosh tomchilab yigitim vafot etgan,
Dunyodan o'tganiga xali ishonmayapman,
Ko,zidan yoshin artib do'stli qo'lini cho'zdim,
Hammasi bo'ladi yaxshi deb ko'nglini ko'tardim.
G'amdan qomadi asar bir necha oy ichida,
Doim qlar tabassum kulgu uni yuzida,
Kulgu yarasharkan xis etardim buni,
Yurakka buyruq bermay sevib qolibman uni,
Seni sevaman desam xafa bo'lsachi mendan,
Shuni o'ylagansiz niyat bo'gan oldindan,
Deb qolsa nima deyman xatto so'z deyolmiman,
O'zim do'st bo'lib aytolmasdan sevaman,
Qiz yigitni o'rtasida bo'lmas ekan do'st sirdosh,
SMS orqali qildim unga sevgimni fosh,
Javob kemadi lekin uchrashdik ertasiga,
Jonimni berdim menxam sevaman degan so'ziga,
Quvonchim cho'zilmadi yana yomg'ir boshladi,
Avaryada halok bo'pti yuzimda rang qomadi,
Uchrashtirdi ajrashtirdi bu bag'ritosh taqdir,
Menga juda og'ir yog'masang bo'lardi yomg'ir...
Категория: Ayriliq & Xiyonat sherlari | Добавил: SONE (13 Янв 2017)
Просмотров: 1982 | Рейтинг: 1.0/4