Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Seni kechirmayman
Bir kuni kelasan yonimga qaytib
Tiz cho'kib yig'laysan uzringni aytib,
Meni bir vaqtlar sevganing aytib
SENI KECHIRMAYMAN SEVGANIM UCHUN.

Seni yor demayman bugundan boshlab
Kimgadir ishonib ketdingku tashlab,
Bir kuni pushaymon kelganda boshlab
SENI KECHIRMAYMAN SEVGANIM UCHUN.

Meni unutolmay o'ylayverasan
O'sha tosh yuraging tig'layverasan,
O'zingni kechirolmay yig'layverasan
SENI KECHIRMAYMAN SEVGANIM UCHUN.
Категория: Ayriliq & Xiyonat sherlari | Добавил: SONE (22 Янв 2017)
Просмотров: 3030 | Рейтинг: 1.0/12