Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Unutolmaysiz
Meni eslatadi kuzlarda hazon.
Meni eslatadi bahorda to'zon.
Meni eslatadi tor yer keng jaxon.
Meni unutmaysiz unutolmaysiz.

Yodga solar meni qushlar sayrashi.
Yodga solar meni bog'lar yayrashi.
Sizga yoqmay qolsa xijron kuylashi.
Meni unutmaysiz unutolmaysiz.

Afsus tarog'ida sochinggiz tarab.
Nadomat ko'zgusi tomonga qarab.
Sog'inch o'tinidan dilga o't qalab.
Meni unutmaysiz unutolmaysiz.

Afsuslar g'ajiysiz umir so'ngida.
Yashaysiz doimo g'urur ongida.
Umringgiz tunida xatto tongida.
Meni unutmaysiz unutolmaysiz.

Mayus qo'shiqlar ham bermas tasalli.
Alamlar sheriga aytaysiz "balli".
O'lmasam ko'rarman ko'rasiz hali.
Meni unutmaysiz unutolmaysiz.

Yilg'idan tiyinib uyat bo'lar deb.
Endi kim sevgimga hay'at bo'lar deb.
Kelsa edi ko'ngil shoyat to'lar deb.
Meni unutmaysiz unutolmaysiz.

Oh urib qiynaysiz osmonlarni ham.
Tirnoqda o'yasiz tovonlarni ham.
Yaxshini ham so'kib yomonlarni ham.
Meni unutmaysiz unutolmaysiz.

Yashaysiz ming yillik qariga ketib.
Shanimga bo'lmag'ur sherlarni bitib.
Nozik barmoq ila tuproqlar titib.
Meni unutmaysiz unutolmaysiz.

Maylida bir kunim ko'rarman sizsiz.
Pok ishqim bilmagan aslida siz siz.
Davron deb soch yulib yasholmay xissiz.
Meni unutmaysiz unutolmaysiz.
Категория: Ayriliq & Xiyonat sherlari | Добавил: SONE (09 Апр 2017)
Просмотров: 2408 | Рейтинг: 2.0/4