Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Kulishni
Bag'rimda dard bergan tillodan xumcha.
Egnimda ojizlar to'qigan nimcha.
Ey yor menga yana azobing qancha.
Seni unutolmay kuydim menimcha.
Kulishni unutib qo'ydim menimcha.

Yengillik yo'q xatto olar nafasda.
Endi ishqim yurak degan qafasda.
Quyosh ham go'yoki mendan arazda.
Seni unitolmay kuydim menimcha.
Kulishni unutib qo'ydim menimcha.

Men qilgan ohlarga tog'lar ham qaqshar.
Men to'kkan yoshlarga bog'lar ham qaqshar.
Balki bu ahvolim telbaga o'xshar.
Seni unutolmay kuydim menimcha.
Kulishni unutib qo'ydim menimcha.

Yondim sog'inch hamda g'urur jangida.
Qip qizil yuzlarim alvon rangida.
Saxroda yuribman xijron changida.
Seni unutolmay kuydim menimcha.
Kulishni unutib qo'ydim menimcha.

Yuribsan hali ham o'zingni maqtab.
Mendan o'zga oshiqlaringni alqab.
Menga gado deya qo'ysang ham laqab.
Seni unutolmay kuydim menimcha.
Kulishni unutib qo'ydim menimcha.

Muhabbat ko'zida yoshlar, xo'ngraydi.
Dardimni eshitib toshlar xo'ngraydi.
Dilimda soqovdek ishqim ingraydi.
Seni unutolmay kuydim menimcha.
Kulishni unutib qo'ydim menimcha.

Yurakni ezg'ilar firoqning zili.
Naxot ovloq bo'lsa qalbim manzili.
Buncha ham beshafqat taqdir hazili.
Seni unutolmay qo'ydim menimcha.
Kulishni unutib qo'ydim menimcha.

Mayli tentak deb kul shoir deya kul.
Men shunday har ishga qodir deya kul.
Tingla Davron senga emasku bir qul.
Ammo unutolmay kuydim menimcha.
Kulishni unutib qo'ydim menimcha.
Категория: Ayriliq & Xiyonat sherlari | Добавил: SONE (09 Апр 2017)
Просмотров: 2351 | Рейтинг: 1.0/5