Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Õshal kõzlaringdagi begona
Seni bugun kuzatarkanman
Kõzlaringda jonsizlik kõrdim.
Najot kutgan kõzlarimda
Bugun afsus yolğizlik kõrdim.

Nafas olar bu yuragingda
Õshal kõzlaringdagi begona
Kim u kõngil solgan qalbinga
Õshal kõzlaringdagi begona???

Yorim deb hech erkaladingmi?
Hayotimsan deb sen sõradingmi?
Yuragingda mangu qoldimi
Õshal kõzlaringdagi begona.

Sevgisi sõnmasmikan hech
Õtsa hamki necha zamona.
Kõzga oldi bugun yana yosh
Õshal kõzlaringdagi begona.

Yuragimsan deb aytarmiding a?
Undan najod kutarmiding a?
Senga shunchalar boğlanganmidi
Õshal kôzlaringdagi begona?

Bir bor kelib hol sõramabsan
Izing kutib tentak hamona.
Seni kutib kôzi charchamas
Õshal kõzlaringdagi begona.

Yuragidasan, hayolidasan,
Dardga tõlgan hayotidasan.
Sen faqat yuragida bõlgan
Õshal kõzlaringdagi begona.

Sovibdimi nozik qõllari
Uryaptimi yurak hamona.
Soğinch kemiribti kõzlarin
Õshal kõzlaringdagi begona.

Senga bõlgan hurmatim cheksiz,
Soğinchim tubsiz misli dengiz.
Qoldim bugun endi sensiz,
Õshal kõzlaringdagi begona.
=======================
S'One - Ko'zlaringdagi begona
Категория: Ayriliq & Xiyonat sherlari | Добавил: SONE (02 Ноя 2017)
Просмотров: 2954 | Теги: Õshal, begona, kõzlaringdagi | Рейтинг: 0.0/0