Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Sog'inch
Sindirmang siz shaxtimni,
Qaytarmang siz axdimni,
O'ylamayin baxtimni,
Buncha sog'intirasiz.
Birga yozu kuzlamay,
Baxtimizni ko'zlamay,
Shirin-shirin so'zlamay,
Buncha sog'intirasiz.
Ko'zlarim kutib toldi,
Ko'zdan quvonchim oldi,
Sabr bardosh yo'qoldi,
Buncha sog'intirasiz.
Kutaman sahar tunda,
Ayting hayoliz kimda,
Sog'intirmay kelingda,
Buncha sog'intirasiz.
Kechani kecha demay,
She'r yozaman uxlamay,
Siz bo'lsangiz o'ylamay,
Buncha sog'intirasiz.
Sinadingiz bardoshim,
Yana qancha chidashim,
Oqizmang ko'zdan yoshim,
Buncha sog'intirasiz.
Mayli sizni kutayin,
Sabr tugar kun sayin,
Siz kelmasdan atayin,
Buncha sog'intirasiz.
Sizni ko'rgim keladi,
Holim barcha biladi,
Firoq ko'ksim yuladi,
Buncha sog'intirasiz.
Mayli sevsin sanamlar,
Qoshi ko'zi qalamlar,
Tinch qo'ymaydi alamlar,
Buncha sog'intirasiz.
Категория: Sog'inch sherlari | Добавил: osa (14 Авг 2016)
Просмотров: 3807 | Рейтинг: 1.0/16