Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

ALVIDO
Men bugun armonlar eshigin yopdim
Sog'inch yo'llarini ko'mib tashladim
U yerdan yurmasin xech qachon xech kim
Yurakdan ismingni o'yib tashladim
Visol onlarini o'chirdim vaqtdan
Sevgi sharobini to'kib tashladim
Yurakka sabrni so'radim xaqdan
Sensiz yashamoqqa ko'na boshladim
Ko'zdagi yoshlarni artdim shunchalar
Qontalash chiziqlar qoldi ko'zimda
Endi kunlarimda botmas kechalar
Xatto soyang qolmas biron izimda
Tinch qo'ydim, alamni xaydab yubordim
U sening alaming yolg'iz seniki
Xijronning ko'zlarin o'yib yubordim
Kutib ol xijron xam seniki
Men qaddim tikladim qadrim sinmagan
Yurakka nafratni yozib o'rgatdim
Xech qanday tuyg'uga boshin egmagan
ALVIDO so'ziga xaykal o'rnattim
Категория: Sevgi & Baxt Sherlari | Добавил: Naimjon_Old (03 Дек 2016)
Просмотров: 3499 | Рейтинг: 1.5/2