Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Ishqning yo’lida
Sizni sevdim yuragimning to’ridasiz
Otash ila yongan qalbim qo’ridasiz
Sizni o’ylab o’tmoqda har kun har lahza
Quvonganim, siz ham ishqning yo’lidasiz

Umrim bo’yi shahzodamni kutib yashadim
Gulzorlardan kapalaklar tutib yashadim
Har lahza dardlarim yutib yashadim
Ishonaman siz ham ishqning yo’lidasiz.

Men sevgimni havaslarga alishmayman
O’zga o’tli nafaslarga alishmayman
Tanlovda men adashmadim adashmayman
Siz meningsiz endi ishqning yo’lidasiz…
Категория: Sevgi & Baxt Sherlari | Добавил: SONE (14 Мар 2017)
Просмотров: 3181 | Рейтинг: 1.7/12