Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Qanday qahvani xush ko'rasiz?
Qahva ko'pchilikning sevimli ichimligi hisoblanadi. Uning tetiklashtiruvchi xususiyati hech kimga sir emas. Kimdir qahvani achchiq holida, ba'zilar esa shirin ichishni xush ko'radi. Ruhshunoslar insonlarning qahva ichishiga qarab ham uning fe'l-atvorini aniqlaydilar. Endi siz ham bu haqda bilishingiz mumkin Marhamat!

Shakarsiz mayda qahva — siz kuchli fe'l-atvor sohibi hisoblanasiz. Qilgan noo'rin harakatlaringizdan umuman qo'rqmaysiz. Ishdagi ma'suliyatni his etishingiz biroz qiyin.

Shakarli mayda qahva - siz ma'suliyatli inson hisoblanasiz. Bir ishni boshlashdan avval «Etti olchab, bir kesishni» xush ko'rasiz. Do'stlaringiz uchun joningizni ham berishga tayyorsiz.

Ko'pikli qahva — kerak bo'lgan vaqtda aql bilan ish yuritishdan ko'ra, qalbingizga quloq tutasiz. To'g'riso'zlik, qo'li ochiqlik va yaxshilik ulashish sizning asosiy fazilatlaringiz hisoblanadi.

Eruvchan qahva — maqsad sari intilishdan umuman charchamaysiz. Boshlagan har bir ishingizni muvaffaqiyatli yakunlab, obro'-e'tiborga loyiq bo'lasiz. Agarda hozircha ko'nglingizdagi natijalarga erishmagan bo'lsangiz, unda hali hammasi oldinda.

Shakar va sutli qahva — bunday tarzda ichishni xush ko'ruvchilar og'ir-vazmin fe'l-atvor sohibi hisoblanadi. O'zlarining ko'ngliga yo'l topa olishlari sabab, bekordan-bekor tushunmovchiliklar yuzaga kelmaydi. Siz sevish va sevilish uchun yaralgansiz.

Yirik qahva (kappuchchino, glyase) — sizning fe'l-atvoringizni tushunish judayam qiyin. Turli xil sarguzashtlarni xush ko'rasiz. Olam-olam orzu qilishdan charchamaysiz.

Do'stlarizga ham ulashing va LIKE bosishni unutmang!
Категория: Психологические тесты | Добавил: SONE (10 Мар 2017)
Просмотров: 3247 | Рейтинг: 1.0/5