Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно
[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: shamsiddin, Naimjon  
Forum » Antiqa Forum » Erkin mavzular » Sherzod Burxon (Hujandiy) Ijodidan sherlar
Sherzod Burxon (Hujandiy) Ijodidan sherlar
O.S.A Не в сети
Ramazon Muborak
Sizga bo'lsin muborak, Hayit Ramazon,
Qalblarda jo'sh ursin ezgulik ishonch.
Bayramni nishonlang, yetuk bu makon,
Sizni tark etmasin, arimasin quvonch
Sizga hamroh bo'lsin iymon, birodar,
Musofir yurtlarda musulmon darbadar.
Yurtingiz ko'ringiz sog'-omon faqat,
Ramazon hayitingiz bo'lsin muborak!
Chehrangizni oching unutib gina,
Bugun unutilmas kun, o'zgacha sana.
Takroran aytmoqda yurak ham yana
Ramazon hayitingiz bo'lsin muborak
Dilin hiralagan insondan, kechirim so'rang,
Yaqin insonlarga uzoq umr tilang
Yetim-bechoralarning boshini silang,
Bugun Arafa kecha, hayit muborak
08:47 • Javob berish
O.S.A Не в сети
Kim kimligini bildim!
Ba'zan hayot yo'lida nogoh yiqildim,
Kim turishga yordam berar deb kutdim,
Hech kim qiyo boqmadi rosa siqildim
Kim asli kimligini endi tushundim
Jim o'tib ketsa ham mayli hammasi,
Yordam bermasa bermas barchasi
Shunday tepib ketdiki, qoldi yarasi
Kim asli kimligini afsus kech bildim
Hayot so'zi ikki bo'g'in, besh harf ekan,
Bilmaganga bu so'z ham ming ofat ekan
Do'stim deb bilganim dushmanim ekan
Kim asli kimligini endi tushundim
Ishi bitmaguncha sog' bo'l oshnam der,
O'zidan kichikni sizlab akam der,
Suvdan quruq o'tib, toshshingni ter der
Afsus kim asli kimligini endi tushundim
08:48 • Javob berish
O.S.A Не в сети
Vatanim
Men seni sog'indim ona vatanim,
Musofir yurtlarda muzlagan tanim.
Men seni sog'indim buyuk Tojikiston
Tuprog'ing quysayman, yuragim yarim
Men seni sog'indim ulug' maskanim,
Musofir yurtda holim so'ramas g'anim,
Sog'indim oilam, yor-do'stlarimni,
Sog'inch hunob qiynayapti, yuragim yarim
Onamdek porlagan quyosh taftini,
Shildirlab oqayotgan zilol suvini,
Mendan farqi qolmadi hatto daydini
Sog'indim juda ham ona vatanni
O'zgacha havo hukmron sovuq,
Sog'inch yaralagan qalbimni bir o'q
Vatandan yiroqda, shod yurganim yo'q
Men seni sog'indim ona vatanim
Ular aytishadi, maza qilib kel,
Moskva shahridasan, yur aylanib der,
Ahir oson emas, o'zga yurt bu o'zga el,
Yurtimni sog'indim, og'riganida bel
Ha oson emas, o'ylamang kalta,
Ishlayapman sovuqda, qilmadim yalta,
Yurtimga borsaydim kelmasdim qayta,
Men seni sog'indim, borgum albatta
Oilam, Farzindim boqishim kerak,
O'g'lim kel sog'indim deb onam sarak
Tez kunlarda albatta borishim kerak
Men seni sog'indim, sog'indi yurak...
08:50 • Javob berish
O.S.A Не в сети
Nima keladi qo'lingdan
Chiqib qolsam yo'lingdan,
Tutib olsam qo'lingdan.
Bo'sa olsam labingdan,
Nima keladi qo'lingdan.
Ko'zlaringga qarab turib,
Qo'llaringni tutib turib.
Bitta o'psam yurak yutib,
Nima keladi qo'lingdan
Yuragimni tortiq qilib,
Atirgulni senga berib.
Sevaman desam kulib turib,
Nima keladi qo'lingdan.
Meduza deb atasam,
Faqat sani o'ylasam.
Ko'zlaringga qarasam,
Nima keladi qo'lingdan.
Kunda ming bor sog'insam,
Rasming termulib ovunsam.
Ko'rish uchun oshiqsam,
Nima keladi qo'lingdan?!
Sen hayotim mazmuni,
Aytib qo'yay men shuni.
Bitta o'psam bir kuni,
Nima keladi qo'lingdan
Har kun o'tsam ko'changdan,
Tutib turib belchangdan.
Gar o'pmasam yuzchangdan,
Nima keladi qo'lingdan!
08:51 • Javob berish
O.S.A Не в сети
To'rtliklar
Puli yo'q bo'lsa kamsitish kulish,
O'zining qo'lidan kelmaydi bir ish,
Puli kamdir lekin yo'q unda tashvish
Halol mehnat qiladi, qilmas gunoh ish
****
Bir kuni uchratdim parivash go'zal,
Husni tengsizdir, so'zlari asal,
Muhimi bu emas, muhimi bu dil
Tengsiz chiroydan ko'ra ko'nglidir afzal
****
U juda ham chiroyli qiz ekan tengsiz,
Ammo kiyib olibdi, kunduzi engsiz
Vaqti kelsa bu kimga bo'larkan kelin,
Shunday baxtga yetarmi, siz nima deysiz?
08:52 • Javob berish
O.S.A Не в сети
Bilaman
Qurg'ur yurak hamon izlaydi,
Sog' emasman, tanim muzlaydi!
Qalbim yig'lar, lablar kulsaydi,
Tashlab ketmay bir bor kelsaydi
So'ngi marta bo'lsa ham mayli,
Kelib indamay ketsayam mayli.
Alvido so'zini aytsayam hamki,
Bir ko'rsam, bir kulsam mayli.
Qalbda isyon, kelmas bilaman,
Bilsam hamki lekin kutaman.
Sog'inch qiynar hunlar yutaman,
Ul bevafo kelmas bilaman.
(Sherzod Burhonov | Arxivda
08:57 • Javob berish
O.S.A Не в сети
Ruboiylar
U juda ham chiroyli qiz ekan tengsiz,
Ammo kiyib olibdi, kunduzi engsiz.
Dedim uyalmaysanmi?! Uyatku essiz,
Ul dedi hozir XXI - asr.
* * * * *
Ona muqaddas zot, yetkazmang sitam.
Vaqingiz borida yo'qlang siz ham.
Keyin kech bo'lsa tutmasdan motam,
Ona duosi kerak, marmar toshdan ham
* * * * *
Do'stim ko'p deb suyunma,
Hammasi ham do'st emas.
Tashlab ketsa kuyunma,
Nomard do'st ham kerakmas!
* * * * *
Begona ko'chadan o'tdim nogahon,
Qon qaqshab yig'lardi essiz onahon,
Kuzatdim uzoqdan gap nimada deb,
Farzandi sababchi, eh qanday zamon.
08:58 • Javob berish
O.S.A Не в сети
MANIMCHA SEVIB QOLDIM
Bir qoraqoshni ko'rdim,
Ko'zlari ham qop-qora.
Ko'zim uzolmay qoldim,
Manimcha sevib qoldim
Nozik qadam tashlashlar,
Ko'z uchida qarashlar,
Lab bursa ham yarashar,
Manimcha sevib qoldim.
Oshiqlari ko'p bisyor,
Manzili huv Ispisor.
Shu bo'lsaydi mening yor
Sevib qoldim hoyna-hoy
Bildim qayda o'qishin,
Qaysi uyda turishin.
Ey do'stginam sen tushin
Manimcha sevib qoldim
O'zgachadir bu hayot,
G'o'zallashdi nihoyat.
Oshiq bo'ldiku Sherzod,
Sevib qoldimku voydod
Tel nomerini oldim,
Hisobimni to'ldirdim.
Tunda rosa gap otdim,
Manimcha sevib qoldim.
Mayin ekan ovozi,
Shirinsuhan har so'zi.
Uylanaymi?! U rozi
Manimcha sevib qoldim
Gapgashardik kun-u tun,
Mensiz turolmas bir kun.
Uchrashmoqchimiz bugun.
U ham Sevgani uchun.
Uyalibgina turardi,
Yonginamda yurardi.
Juda chiroyli kulardi.
Manimcha sevib qoldi
08:59 • Javob berish
O.S.A Не в сети
Maktab
Maktab yillari ham bormoqda tugab,
Shuncha yil birga o'qidik yayrab.
Biz sendan ketarmiz, ko'zlarni yoshlab
Hayr uztoz sizga, hayr ey maktab
Darslarni quloqqa ilmasdik aslo,
Maktab davri ekan bebaho alo
Hursand bo'lar edik olsak uch baho
Goho darsdan qochardik, kirmasdik goho
09:00 • Javob berish
LOVE Не в сети
Шерлар зурку
12:21 • Javob berish
O.S.A Не в сети
Miss S: ha zo'r
17:01 • Javob berish
Miss97 Не в сети
хаааа зур гап йук
08:34 • Javob berish
WeldHeaRTMuSiC Не в сети
ajoyib sherla bor ekan bilmagan edim
13:13 • Javob berish
✅™ Aςhι ™✅ Не в сети
zorky

Добавлено (21 Апр 2017, 13:26)
---------------------------------------------
zorku

13:26 • Javob berish
Naimjon (old) Не в сети
Ajoyib ekan sherlar gap iwlarga rivoj
14:45 • Javob berish
SaRVaR Не в сети
гап ёк
08:29 • Javob berish
Forum » Antiqa Forum » Erkin mavzular » Sherzod Burxon (Hujandiy) Ijodidan sherlar
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: