shahik99
antiqa.net/shahik99
QIZLAR SIZGA BITTA GAP...(bu gaplar faqat qizlarga)
Qizlar bo'lmanglar bebosh,
O'n sakkiz yosh yomon yosh.
Qilib qo'yib siz yoshlik,
Bo'lib qolmangiz oshiq.
Andisha-yu ibodan,
Parda bo'lsin yuzingizda.
Xush muomila bo'lingiz,
Ma'no bo'lsin so'zingizda.
O'ldim-kuydim so'zlarga,
Sira-sira uchmangiz.
Orzular og'ushida,
Puch yong'oqni quchmangiz.
Sensiz yasholmayman deb,
Yolg'on so'zini boshlaydi.
Avval sensiz yashagan,
Yana sensiz yashaydi.
Aizlar sizga bitta gap,
Bu o'tkinchi hoy-havas.
Molu-dunyoga uchib,
Bo'lib qolmangiz vas-vas.
Sevgi emas ko'rganingiz,
Shirin hayol surganingiz.
Ramantikmas yurganingiz.
Termulishib turganingiz.
Hali sizga atalganning,
Qaymog'i buzilmagan.
Siz yashovchi baxt qasrin,
Devori tuzilmagan.
Or-nomusli, g'ururli,
Yigit bo'lsin yoringiz.
Unga baxt ato etsin,
Bu dunyoda boringiz.
Sizga ko'ngil berganiga,
Sira afsus qilmasin.
Baxtli qiling yoringizni,
Armon nima bilmasin.
Shuning uchun qizlarjon,
Shanizga dog' tushurmang.
Ko'ngilda ne kechyapdi,
Onangizdan yashirmang.
Bu dunyoda onadan,
Yaxshiroq do'st bo'lmagay.
Ona xech bir sirlaringiz,
Yoyib doston qilmagay.
Mard, paxlavon yigitlar,
Oshiq bo'lsin sizlarga.
Qoshganizla qo'sha qarib,
Kirib yuring yuzlarga.
Axir bizning momomiz kim,
Bo'lgan malak, xonzoda,
Kuting bir kun keladi,
Oq ot mingan shaxzoda...