antiqa.net/shahik99
Sen sababdan dard zarbidan og'ringanim.
Xijronlarning kuylariga ovunganim.
Shamollarga yoding qo'shib uchirgayman.
Sog'inmayman yetar shuncha sog'inganim.
Dard janoza o'qib ketgan sevinchimga.
Baxt arazda dildagi oh o'tinchimga.
Kelib rahmat aytarmiding sog'inchimga.
Sog'inmayman yetar shuncha sog'inganim.
Dil osmonim bulutlardan qilib xalos.
O'z qadrimni endi o'zim qilib ezoz.
O'zim uchun yashab ko'ray endi biroz.
Sog'inmayman yetar shuncha sog'inganim.
Minnatdorlar bo'lsin endi tanamda ruh.
Vujudimda kezsin mudom yengil shukuh.
Majruh dilni yana battar qilmay majruh.
Sog'inmayman yetar shuncha sog'inganim.
Sog'inch qancha yuragimga havf bermadi.
Vujudimga qancha qaynoq taft bermadi.
Sog'inganim sira menga naf bermadi.
Sog'inmayman yetar shuncha sog'inganim.
Sardor dili vayron bo'ldi sog'inchlardan.
Hasratlarga ayvon bo'ldi sog'inchlardan.
Ko'zga yosh dilga tosh to'ldi sog'inchlardan.
Sog'inmayman yetar shuncha sog'ingankm.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]