antiqa.net/shahik99
Sendan o'zgasini demadim sira.
O'zimdan ortiqroq ko'rdim ming karra.
Lek nega jonginam senga yetmoqqa.
To'sqinlik qilmoqda har bitta zarra.
Kunda ham,tunda ham o'ylab nihoyat.
Qaydandir topaman o'zimga jur'at.
Balki o'zim boray deyman yoningga.
Yo'limga to'g'anoq g'urur va uyat.
Kuz yaproqlaridek men ham g'animat.
Hijronda o'tmoqda har lahza,har vaqt.
Bilmam kelarmi men kutgan visol.
Lek yuragim sevgi mayidan sarmast.
Qor kabi sog'inchdan ketyapman erib.
Hayotning bog'idan azoblar terib.
Tog'lardan qulagan tosh parchasidek.
Yotipman bag'rimni dardlarga berib.
Jonimni senga yor ataymi yoki.
Seni deb yashayin tirikman toki.
Sevaman men seni sevaman jonim.
Yuzlarim yopsa ham qabrning hoki!
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]