antiqa.net/GuLi190499
Sog‘indim… Senchi, eslaysanmi hech?.. Sog‘indim… Har kech o‘tgan samimiy suhbatni. Sog‘indim… Uzun salom berib quvnoq kulishlaringni. Sog‘indim… Beg‘uborligingni, hech hafa qilmas so‘zlaringni, samo mukammal yaratgan husningni, ta’riflab bo‘lmas, doim ayb qidirganda ojiz qoladigan hislatlaringni. Sog‘indim… Sog‘indim… O‘sha ilk uchrashgan ko‘chamizni, o‘sha bog‘ni, birinchi o‘rindiqdagi birga o‘tirishimizni. Sog‘indim… Yo‘l uzoq bo‘lsada, yayov yurishni. Sog‘indim… Sog‘indim… Har safar uchrashuv oldidan kiyim tanlashni. Samimiy ko‘rinish uchun oddiy kiyim izlashni. Sog'indim.....yo‘l– yo‘lakay aytmoqchi bo‘lgan gaplarimni yodlab olishni, seni ko‘rgach hammasini unutib qo‘yishni. Sog‘indim… Alamli bo‘lsada, qo‘ng‘iroq qilib, yig‘lab, dardlaringni ishonib ayta olishlaringni. Sog‘indim… unutmasdan uzoq vaqt uzoqda yashashni. Sog‘indim… Doim hursand, baxtli, o‘tmishsiz, kimgadir ishonib yashashing uchun, bir umr sog‘inib yashayman… Sog‘indim… Senchi, eslaysanmi hech?.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]