
Xosiyat Xusanova
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Xosiyat Xusanovaikkinchi bor 47 yoshida ona bo`ldi, aktrisaning katta qizi 19 yoshda.

Monika Belluchchi
Monika Belluchchi katta qizi — Devani 39 yoshida, ikkinchisini esa 45 yoshida dunyoga keltirgan.

Xolli Berri
Xolli katta qizi – Nalu Arielu Obrini 42 yoshida, 47 yoshida esa o`g`li – Maseo-Robertoni tuqqan. Aktrisa yoshi katta bo`lishiga qaramay homiladorlik davrida o`zini juda ham yaxshi his qilganini aytdi.

Nikol Kidman
Nikol Kidman juda uzoq davolanishlardan so`ng, kutilmaganda homilador bo`lib qolgan. Birinchi farzandini aktrisa 2008 yilda 40 yoshida tuqqan. 2012 yilda ikkinchi farzandiga surrogat ona yollagan.


Salma Xayek
Salma 41 yoshida onalik baxtiga muyassar bo`lgan. 2007 yilda aktrisaning va fransuz biznesmenining qizi – Paloma Pino tug`ildi. Aktrisa homiladorlik davri juda ham og`ir kechganini, hatto vazni 23 kg.ga og`irlashganini aytdi. Hozir aktrisa juda ham baxtiyorligini, oldingi qomatini ham tiklab olganini ta`kidlab o`tdi.

Merayya Keri
Merayya 41 yoshida egizaklarni dunyoga keltirdi. O`g`lini ismini Marokkan, qiziga esa Monro deb ism qo`yishdi.


Selin Dion
Selinning birinchi homiladorligi juda ham yaxshi kechgan. Lekin ikkinchi homiladorligi og`ir va uzoq kechgan. Nihoyat aktrisa 42 yoshida egizaklariga homilador bo`lib, dunyoga keltirgan.

Uma Turman
Uma Turman uchinchi farzandini 42 yoshida tuqqan va qiziga juda ham uzun ism qo`ydi: Rozalind Arushu Arkadinu Altalun Florens Turman-Byusson.


Julianna Mur
Julianna birinchi 37 yoshida farzandli bo`ldi, ikkinchi bor esa 42 yoshida.


Gven Stefani
Gven 43 yoshida uchinchi bor onalik baxtiga musharraf bo`ldi. Uchinchi farzandi ham o`g`il tug`ildi.
manba: Darakchi.uz
Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz