Instagram Telegram
Rossiyada o‘smir futbolchilarni tashiyotganda halokatga uchragan mikroavtobus haydovchisi yarim yil avval guvohnoma olgani ma’lum bo‘ldi
Rossiyaning Novokuznetsk
shahridan Kemerovoga mahalliy
o‘smirlar futbol jamoasini tashigan
va yo‘l-transport hodisasiga duch
kelgan mikroavtobus haydovchisi
yarim yil avval tegishli guvohnoma
olgan va to‘rt bor ma’muriy
huquqbuzarlik sodir etgan. Bu
haqda huquq-tartibot idoralaridagi
manbaga tayanib, “TASS” xabar
berdi.

“Mikroavtobusni 18 yoshli
haydovchi boshqargan. U yarim yil
avval haydovchilik guvohnomasi
olgan. Bu vaqt mobaynida to‘rt
marotaba ma’muriy huquqbuzarlik
sodir etishga ulgurgan. Mazkur yo‘l-
transport hodisasi yuzasidan
protsessual qaror yaqin orada qabul
qilinadi”, — deya ma’lum qilgan
manba.

Eslatib o‘tamiz, 7-avgust, yakshanba
kuni Kemerovo — Leninsk-
Kuznetskiy trassasi bo‘ylab
harakatlanayotganda halokatga
uchragan mikroavtobusda 8 nafar
futbolchi bo‘lgan. Ulardan biri
olamdan o‘tdi, qolgan yetti nafari
turli darajadagi jarohatlar bilan
kasalxonaga yotqizildi.

Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!

#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz
Rossiyada o‘smir futbolchilarni tashiyotganda halokatga uchragan mikroavtobus haydovchisi yarim yil avval guvohnoma olgani ma’lum bo‘ldi
08.08.2016, 21:31
Добавил: Isroil |
Просмотров: 1045 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]