Mali shimoli-sharqida
avtomobilning portlatib yuborilishi
oqibatida bir nafar BMT
tinchlikparvari halok bo‘ldi, yana
besh nafari yaralandi. Bu haqda
“Korrespondent.net” xabar
bermoqda.
BMTning Malidagi vaziyatni
barqarorlashtirish xalqaro
missiyasining ma’lum qilishicha,
hodisa Kidal tumanida 06:50
atrofida yuz bergan. Logistik
konvoy tarkibidagi misssiyaning
avtomobili qo‘lbola portlovchi
qurilma yoki minada portlab
ketgan.
Bir necha soatdan so‘ng
missiyaning yana bir avtomobili
portlab ketgan, biroq ikkinchi
portlash oqibatida hech kim
jabrlanmagan.
Xalqaro missiya tinchlikparvarlari
Maliga BMT Xavfsizlik kengashining
qarori bilan yuborilgan.
Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz