Peruda ikki avtobusning ro‘parama-
ro‘para to‘qnashuvi oqibatida 17
kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq kishi
jarohatlandi. Bu haqda
“Korrespondent.net” xabar
bermoqda.
Politsiyaning bildirishicha, yo‘l-
transport hodisasi 10-avgust,
chorshanba kuni ertalab yuz berdi.
Avtobuslardan biri Kusko shahridan
poytaxt Limaga, boshqasi esa Ika
shahridan janubga yo‘l olgandi.
Qurbonlar orasida ikki avtobus
haydovchisi va braziliyalik sayyoh
bor. Politsiya avtohalokat sabablari
va qurbonlar shaxsini aniqlash bilan
shug‘ullanmoqda.
Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz