×

HuSaN(27), arolib(46), Olovcha(25)

Instagram Telegram
Andaman dengizida Myanma harbiy-havo kuchlarining qulagan samolyoti 29 yo‘lovchisi jasadi topildi
Myanma qurolli kuchlarining Y-8 harbiy-
transport samolyoti 29 nafar yo‘lovchisi
jasadlari Andaman dengizidagi qidiruv-qutqaruv
operatsiyasi vaqtida topildi. Bu haqda “TASS”
xabar bermoqda .
Asosiy qidiruv ishlari Tavoy shahridan janubi-
g‘arbda, qirg‘oqdan taxminan 30 kilometr
masofada olib borilmoqda. Qidiruv ishlariga
Myanma harbiy-dengiz kuchlari kemalari,
aviatsiya va mahalliy baliqchilar jalb etilgan.
Hozircha samolyotning omon qolgan birorta
yo‘lovchisi topilgani yo‘q. Armiya
qo‘mondonligi bayonotiga ko‘ra, qidiruv-
qutqaruv operatsiyasi davom etadi.
Samolyot bortida 108 kishi — harbiylar va
ularning oila a’zolari bo‘lgan. Yo‘lovchilarning
70 nafari tinch aholi vakillari bo‘lib, ularning 15
nafari bolalar edi. Ekipaj 14 kishidan iborat
bo‘lgan.
Y-8 samolyoti 7-iyun kuni mamlakat janubidagi
Tanintayi viloyatidagi Myey shahridan havoga
ko‘tarilib, Yangon tomon parvoz qilayotgan edi.
Samolyot bo‘laklari dengizdan topilgan.

Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!

#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz
Andaman dengizida Myanma harbiy-havo kuchlarining qulagan samolyoti 29 yo‘lovchisi jasadi topildi
08.06.2017, 19:47
Добавил: WHM |
Просмотров: 1010 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]