Mali poytaxti Bamako yaqinidagi sayyohlik 
 majmuasiga hujum qilgan to‘rt jangari maxsus 
 operatsiyalar chog‘ida xavfsizlik xizmatlari 
 tomonidan yo‘q qilindi. Bu haqda AFP 
 xavfsizlik va fuqarolar mudofaasi vazirligiga 
 tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”. 
 “Bizda ikki nafar o‘ldirilgan jangarilarning 
 jasadlari bor, yana ikki jasadni harbiylarimiz 
 qidirmoqda”, — dedi xavfsizlik va fuqarolar 
 mudofaasi vaziri Salif Traore. 
 Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus operatsiyalar 
 natijasida jami 36 asir ozod qilingan, ularning 
 16 nafari fransuz, qolganlari maliliklar. 
 18-iyun, yakshanba kuni ertalab qurolli guruh 
 Bamako aeroporti yaqinidagi Dugurakoro 
 qishlog‘ida joylashgan Kangaba lageri deb 
 nomlanuvchi sayyohlik majmuasiga hujum 
 qilgan edi.
		
	
 Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz