IShID vakillari Afg‘onistondagi asosiy
raqobatchisi bo‘lgan “Tolibon” harakatiga
qarshi urush e’lon qilinganini bildirdi. Bu haqda
“Afghanistan.ru” xabar bermoqda .
IShID jangarilari toliblarga qarshi chiqqani
haqidagi ma’lumotlar OAVda guruh
qo‘mondonlaridan biriga tayangan holda paydo
bo‘ldi. U, jumladan, “toliblar islomga xoinlik
qilayotganligi”ni ma’lum qilgan.
IShID yetakchilari tarafdorlarini “Tolibon”
jangarilarini yo‘q qilish va mol-mulkini egallab
olishga chaqirgani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator
mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan
“terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz