Toshkentda yo‘qolib qolib, qidiruvga berilgan 6 yoshli bolaning jasadi topildi
23-aprel kuni ertalab Toshkentda 6 yoshli Abdulloh Alisherovning jasadi topildi. Bu haqda, Toshkent shahar IIBBga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda. Toshkent shahar IIBB Abdulloh Alisherov 14-aprel kuni yo‘qolib qolgan edi. O‘shandan buyon u qidirilayotgandi. Aytilishicha, bolaning jasadi Qoraqamish daryosi bo‘yidan topilgan. Daryo uning Uchtepa tumanidagi uyi yonidan o‘tadi. Dastlabki tekshiruv bolaning tanasida zo‘rlik tufayli yuz bergan o‘lim alomatlarini ko‘rsatmadi. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.