Yugurish dissiplinalari bo‘yicha
yamaykalik chempion Useyn Bolt
Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya
o‘yinlari ochilish marosimida
qatnashmaganini yalqovlik bilan
tushuntirdi. Bu haqda, The
Telegraph nashriga asoslanib,
TJournal xabar bermoqda.
“Bizning jamoamiz ochilish
marosimida stadiondan o‘tdi
shekilli. Lekin men o‘sha kuni
haddan ziyod erinayotgandim.
Hech qanday ortiqcha harakat
qilgim kelmadi”, — dedi Bolt.
Muqaddam Twitter
foydalanuvchilari Boltning
paradda ishtirok etmaganiga
e’tibor qaratgan edi.
Olimpiadada Useyn Bolt uch
dissiplina bo‘yicha bahslarda
ishtirok etadi: 100, 200 metrga
yugurish hamda 4×100 metrlik
estafeta.
Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz