Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi 
 Rossiya paralimpiya terma 
 jamoasini Rio-de-Janeyroda 
 o‘tadigan Yozgi Olimpiada 
 o‘yinlaridan to‘liq tarkibda 
 chetlashtirildi. Bu haqda TJournal 
 xabar bermoqda. 
 Qaror Richard Maklaren 
 boshchiligidagi WADA mustaqil 
 aksildoping komissiyasi hisobotini 
 o‘rganish natijalariga ko‘ra qabul 
 qilindi. 
 Qo‘mita rahbari Filip Kreyvenning 
 so‘zlariga qaraganda, Sochidagi 
 Paralimpiya o‘yinlari chog‘ida 
 doping namunalari 
 almashtirilgani borasida dalillar 
 mavjud. Shuningdek, WADA 
 hisobotida 2012–2015-yillar 
 orasida rossiyalik 
 paralimpiyachilarning 35 ijobiy 
 doping namunalari yo‘qolib 
 qolgani haqida ma’lumotlar 
 keltiriladi. 
 Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi 
 butun Rossiya termasini 
 diskvalifikatsiya qilish qaroriga 
 yaqinligi haqida 6-avgust kuni The 
 Guardian xabar qilgan edi. Ammo 
 keyinchalik bir qator amaldorlar 
 yakuniy qaror 7-avgust kuni 
 o‘tkaziladigan matbuot 
 anjumanida oshkor qilinishi 
 haqida ma’lumot berdi. 
 Rio–2016 doirasidagi Paralimpiya 
 o‘yinlari 7–18-sentabr kunlari 
 bo‘lib o‘tadi.
		
	
 Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz