Markaziy Osiyo Futbol 
 Assotsiatsiyasiga a’zo 
 mamlakatlarning yoshlar terma 
 jamoasi ishtirok etayotgan CAFA 
 CUP—2016 da 1-tur bellashuvlari 
 yakunlandi. 
 Eron yoshlar terma jamoasi 
 O‘zbekistonga tashrif 
 buyurmagani uchun, musobaqada 
 O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 
 ikki tarkibda ishtirok etadigan 
 bo‘ldi. 
 “A” guruhida kurash olib 
 borayotgan O‘zbekiston 
 yoshlarining ikkinchi tarkibi 
 Afg‘onistonni mag‘lub etdi — 2:0. 
 Guruhdagi ikkinchi raqib 
 Qirg‘iziston terma jamoasi bo‘ladi. 
 “B” guruhida esa O‘zbekiston 
 yoshlarining asosiy tarkibi 
 Turkmanistonga imkoniyat 
 qoldirmadi — 3:0. Guruhdagi 
 ikkinchi raqib Tojikiston terma 
 jamoasi bo‘ladi. 
 “A” guruhi 
 O‘zbekiston II — Afg‘oniston 
 2:0 
 Gollar: Qodirqulov, 5 (1:0). 
 Ortiqov, 71-pen. 
 “B” guruhi 
 O‘zbekiston I — Turkmaniston 
 3:0 
 Gollar: Sharof Muhitdinov, 63 
 (1:0). Bekmurat Arbatov, 65-avt 
 (2:0). Nurillo To‘xtasinov, 85 (3:0). 
 Noaniq penalti: Suxrob Nurillayev, 
 79 (O‘).
		
	
 Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz