Rio-de-Janeyro sharqidagi harbiy
hududda joylashgan Olimpiada ot
sporti markazi qoshidagi matbuot
shtabiga o‘q otildi. U tufayli
shtabning brezent tomida teshik
hosil bo‘ldi, biroq hech kim
jabrlanmadi. Bu haqda
“Korrespondent.net” xabar
bermoqda.
SID agentligiga ko‘ra, o‘q Yangi
Zelandiya matbuot jamoasi
xodimasi va britaniyalik
fotografga tegishi mumkin edi.
Mahalliy maxsus xizmatlar hodisa
tafsilotlarini o‘rganishga kirishdi.
Keyinchalik politsiyada mazkur
holat tasodif bo‘lgani bildirildi.
Tekshiruv chog‘ida matbuot
shtabi hujumga nishon
bo‘lmagani, ro‘y bergan
voqeaning Olimpiadaga aloqasi
yo‘qligi aniqlandi.
Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz