AQSh milliy olimpiya qo‘mitasi
joriy yilda sport sohasidagi ilmiy
tadqiqotlarga 1,25 million dollar
ajratdi va 2020-yilga qadar bo‘lgan
davrda shu maqsadlarga yana 2
million dollar sarflamoqchi. Bu
haqda, AP’ga asoslanib, “TASS”
xabar bermoqda.
“Yengil atletika bo‘yicha AQSh
terma jamoasi Rio-de-Janeyroda
qo‘lga kiritishni umid qilayotgan
g‘alabalar asosi Kaliforniyadagi
tayyorgarlik markazida bo‘lib, u
yerda dastavval golf o‘yinchilariga
mo‘ljallangan yangi
texnologiyalardan
foydalanilmoqda. Amerikalik
yengil atletlar yadro yoki
bolg‘aning uchish trayektoriyasini
aniq kuzatish imkonini beradigan
Track Man tizimidan foydalandi”,
— deyiladi ko‘mita tarqatgan
matbuot xabarnomasida.
Qo‘mitaning yangi texnologiyalar
bo‘yicha mutaxassisi Fil
Chitemning so‘zlariga qaraganda,
aynan shu texnologiyalar tufayli
atletlar o‘z natijalarini qisqa
muddatlarda yaxshilab olishga
erishdi.
Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz