Boksning 52 kilogrammgacha bo‘lgan 
 sportchilar o‘rtasidagi Olimpiada musobaqasida 
 O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 
 Shahobiddin Zoirov Rio—2016 oltin medali 
 uchun rossiyalik Mixail Aloyan bilan ringga 
 chiqdi. 
 Dastlabki raund rossiyalik charm qo‘lqop 
 ustasining foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi 
 raundda esa Shahobiddin Zoirovning qo‘li 
 baland keldi. Hal qiluvchi raund Rio—2016 oltin 
 medali egasini aniqlab berishi kerak edi. Uchinchi raundda Shahobiddin aniq zarbalari 
 bilan ajralib turdi va jangni o‘z foydasiga hal 
 qilib, Rio—2016 Olimpiadasi chempioniga 
 aylandi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Riodagi 
 uchinchi oltin bo‘ldi. Shahobiddinga qadar 
 bokschi Hasanboy Do‘stmatov va og‘ir 
 atletikachi Ruslan Nuriddinov Olimpiada—2016 
 shohsupasining eng yuqorisidan joy olgandi. Shahobiddin Zoirov final jangiga qadar 
 irlandiyalik Brendan Irvin (1/16 final), 
 amerikalik Antonio Vargas (1/8 final), 
 ozarbayjonlik Elvin Mamishzade (1/4 final), 
 venesuelalik Yoel Rivas kabi sportchilarni 
 mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
		
	
 Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz