“Kamp Nou”ga kelgan Ernesto Valverde “Barselona”ni yanada buyukroq qilmoqchiligini aytdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde “Kamp Nou” arenasiga tashrif buyurdi va matbuot anjumanida ishtirok etdi Bu yerda bo‘lish men uchun sharaf. “Barselona” menga ish talkif qilganidan mamnunman.
Faoliyatimda yangi bosqich boshlanmoqda. Bu men uchun katta sinov. “Barselona”ni hozirgidan ham buyukroq jamoaga aylantirmoqchiman.
“Barselona”da o‘ynaganimga ko‘p vaqt bo‘ldi. Endi yoshim ancha katta. Bu qadamim qanchalik ish berishini ko‘ramiz.