Qarshining “Nasaf” klubi darvozaboni Eldor 
 Suyunov faoliyatini boshqa klubda davom 
 ettirishga yaqin, deb ma’lumot berdi 
 “Championat.asia”. Bunda gap Toshkentning 
 “Paxtakor” klubi haqida boradi. 
 Norasmiy ma’lumotga ko‘ra, darvozabon 
 “Paxtakor” rahbariyati bilan og‘zaki kelishuvga 
 erishgan. 2013-yilgi mavsumdan buyon 
 qarshiliklar sharafini himoya qilib kelayotgan 
 Suyunov voqealar rivoji shunday davom etsa, 
 ikkinchi davrani “Paxtakor”da boshlaydi. 
 Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma 
 jamoasining asosiy darvozaboni Aleksandr 
 Lobanov ham “Paxtakor” a’zosi hisoblanadi. 
 Suyunov Samvel Babayan jamoasida bo‘lgani 
 kabi Lobanovga o‘rinbosarlik qiladimi yoki 
 Shota Arveladze “Nasaf” posbonini asosiy 
 rolda ko‘radimi — aniq emas. 
 Avvalroq “Nasaf” darvozabonlari murabbiyi 
 Denis Ivankov O‘zbekiston milliy terma 
 jamoasining uch posboni haqida fikr bildirib, 
 Eldor Suyunov hamda Ignatiy Nesterov asosiy 
 darvozabon Aleksandr Lobanovdan kuchliroq 
 ekanini qayd etib o‘tgandi.
		
	
 Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz