Insayderlar Google’ning yillik 
 konferensiyasi bu safar sentabr 
 oyining oxirida emas, 4-oktabrda 
 bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. 
 Tadbirda kompaniya Android 7.0 
 Nougat’ning yangi versiyasini 
 hamda yangi HTC Nexus 
 smartfonini taqdim etadi. Bu 
 haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar 
 bermoqda. 
 Ilgariroq ma’lum qilinganidek, 
 HTC kompaniyasi Marlin va Sailfish 
 kod nomlari ostida ikkita smartfon 
 tayyorlamoqda. 5,5 dyuymli HTC 
 Marlin to‘rt yadroli Qualcomm 
 Snapdragon 821 protsessori 
 negiziga qurilayotgan bo‘lib, 4 Gb 
 operativ xotiraga, 12 va 8 Mp 
 kameralarga, shuningdek, 3450 
 mA/soat sig‘imli batareyaga 
 bo‘lishi kutilmoqda. HTC Marlin 
 dizayni HTC 10 ni eslatadi. 
 HTC Sailfish 5 dyuymli ekranga, 
 shuningdek, Qualcomm 
 Snapdragon 820 chipsetiga ega 
 bo‘ladi. Korpusining orqa paneli 
 shisha va metalldan ishlanadi. U 
 to‘rt xil rangda chiqarilishi 
 kutilmoqda.
		
	
 Antiqa.net - Актуально, честно и кратко!
#antiqanet #antiqa #antiqa_net #umx #umxuz #umx_uz #imruz #imruz_uz