×

Alalal(30)


Nima uchun ko‘z “uchadi”?
Ko‘zning asabiy uchishi — ko‘z mushaklaridagi asab tolalarining haddan tashqari zo‘riqishi oqibatida yuzaga keladigan spazma holati. Bu maqolada ko‘zning asabiy uchish holatini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar keltirilgan.

Bir kunda bir necha marta qahva ichish ko‘z uchishining sababi bo‘lishi mumkin. Kofein ta’sirida mushaklar tortilib turadi. Bunday holatning oldini olish uchun qahva ichishni kamaytiring.

Tana stressni har xil usulda bildiradi, asabiy uchish bu usullarning biridir. Unda stressning sabablarini o‘rganib muammoni bartaraf qilish lozim bo‘ladi.

Agar sizda allergiyaga moyillik bo‘lsa, ko‘zning uchishi ham shish yoki qichishish kabi paydo bo‘lishi mumkin. Shifokorlar ko‘zga vaqtincha antigistamin ko‘z tomchilari tomizishni tavsiya qilishadi.

Qovoq mushaklari tanadagi eng sezuvchan va eng nozik a’zolardan biridir. Agar uyqu kam bo‘lsa, ko‘zlar charchaydi va ko‘z atrofidagi mushaklar pir-pir ucha boshlaydi. Bu muammoni bartaraf etishning yo‘li – uxlashga ertaroq yotish va sutkasiga 8 soatdan kam uxlamaslik.

Agar ko‘zlaringiz kitob o‘qish vaqtida uchsa, okulist huzuriga borish zarur bo‘ladi.
Категория: Интересные факты | Добавил: s1_official (19.01.2019)
Просмотров: 835 | Теги: ko‘z, Nima, uchun, “uchadi”? | Рейтинг: 0.0/0
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1