Hol inson umrini uzaytiradi!
Londonning shoxona kolledji olimlari g`aroyib kashfiyot natijasini aytmoqdalar. Inson tanasidagi hol xar doim kuzatuvchilar hamda kashfiyotchilar qiziqishini jalb qilib kelgan. Oldinlari ayollar tanasidagi hol mavjudligi ko`plab erkaklar e`tiborinini jalb qilgan va shu sababli ko`p ayollar hattoki, sun`iy hollarni qo`yib yurishgan. Keyinchalik insoniyat ko`plab tabiiylikka ko`nikishni boshladi, ya`ni barcha narsa tabiiy bo`lishini talab qila boshladi. Shundan so`ng odamlarda turli kasalliklardan qo`rquv hamda sog`lom turmush tarziga o`rganish jarayoni boshlandi va holga odamlar boshqacha qaray boshlashdi, ya`ni hol inson sog`lig`i uchun xavfli degan tushunchalar paydo bo`la boshladi. Odamlar har bir dog` yoki holda yangi o`simtalar o`sayapti degan hayolga borib, maxsus shifoxonlarda ulardan holos bo`lish uchun ularni oldirib tashlay boshladilar. London shoxona kolledji olimlari shuni aniqlashdiki, hol qancha ko`p bo`lsa, uning yaxshi tomonlari yomon tomonlariga nisbatan ko`p ekan. Haqiqatdan ham tug`ma dog`i bor odamlarda zararli o`simtalar(melanoma) o`sishi imkoni darajsi yuqoriroq bo`ladi. Ammo kashfiyot raxbari doktor Veronika Batay shunday deydi: doimiy kontrol qilinib turilsa, bu holat yuz bermasligi mummkin. Ammo kashfiyot natijalari shuni ko`rsatadiki, inson tanasidagi ko`plab (100 dan 400 gacha) hol mavjudligi inson tanasi keltkalarini tezda biologik qarimasligini isbotlab berdi. Boshqachasiga aytganda ikkita bir hil yoshli inson biologik jihatdan bir biridan 5-7 yoshga ajralishi mumkin. Britaniyalik olimlar 900 juft bir hil biologik ko`rsatkichlarga ega bo`lgan egizaklarda bunday sinovlarni o`tkazishdi. Bu esa ularni bir biri bilan solishtirishda juda ham qulay keldi. Holi ko`p bo`lgan odam tanasidagi keltkalardagi xromosomalar telomeri uzunligi holi kam bo`lgan odamnikiga qaraganda uzunroqligi aniqlandi. Telomer qanchalik uzun bo`lsa, kletkalar shunchalik yoshroq bo`ladi. Qarilik jarayonining sekinlashishi esa, o`z navbatida yoshi ulug`lashganda duch keladigan yurak kassalliklari, osteoporoz va boshqalardan saqlanishni ta`minlaydi. | |
| |
Просмотров: 1288 | |