Sumalak haqida qiziqarli ma’lumotlar
Xalqimizning eng sevimli milliy taomlaridan biri sumalak bug‘doy doni ko‘katidan tayyorlanadi. Uning sir-asrorini bilguncha, foyda-zararini aniqlaguncha qancha vaqtlar o‘tmagan. Ko‘p asrlar davomida uni tajribada sinab, tekshirib, sumalakning shifobaxshligiga ishonch hosil kilingan. Buni his etgan barcha, katta-kichik, sog‘-bemor uni tanovul qilishga shoshiladi. Xususan, qishdan-bahorga chiqish — darmonsizlik, ilik uzildi paytga to‘g‘ri keladi. Sumalak bahorning shifobaxsh taomi bo‘lib, u qonimizni tozalab, jismimizni tetiklashtirib, kuch-quvvatimizni oshiradi. Sumalakda shakar moddasi, oqsil, foydali javharlar (kislota), darmondorilar mo‘l bo‘ladi. 1936 yilda bug‘doy o‘simtasini tekshirgan Emerson va Evans ismli nemis olimlari bug‘doyda tokoferol moddasi borligini aniqlashgan va u jenщen tarkibida uchraydigan Ye vitaminining o‘zginasi ekanligini isbotlashgan. Olimlarning ta’kidlashicha, sumalak gipertoniya, gepatit, buyrak, me’da-ichak xastaliklariga yaxshi davo bo‘lib, qon tarkibini yaxshilab, me’da-ichak faoliyatini me’yorga keltiradi, asabni tinchlantiradi, yaxshi uxlatadi. | |
| |
Просмотров: 957 | |