Onajonim
Dunyo juda go‘zal edi, yuz burmadim, Netay, bitta savobga ham ulgurmadim. Do‘stlar bilan kulib davron surolmadim, Onajonim, bag‘ringizdan olis ketdim, Siz yig‘lamang, jannatlarga borib yetdim. Mehr nedur, muhabbat ne, anglar edim, Orom olsam, onam bag‘rin tanlar edim. Tongga qadar allalarin tinglar edim, Beshigimda yotib, rizqim olib ketdim, Siz yig‘lamang, jannatlarga borib yetdim. Dunyolarga kim to‘yibdi, men to‘ymasam? Koshki kulib, ikki bora qadam qo‘ysam. Shirin-shirin diydorlarga quloch yoysam, Ota-onam ko‘z yoshida oqib ketdim, Yig‘lamangiz, jannatlarga borib yetdim. Taqdir kimni o‘ynatadi, kuldiradi, Yana kimni ko‘z yoshiga to‘ldiradi. Yashnab turgan g‘uncha nigoh so‘ldiradi, Oppoq qordek sochingizga yog‘ib ketdim, Yig‘lamangiz, jannatlarga borib yetdim. Ko‘p maslahat bergay hayot, quloq tuting, Yorug‘ kunlar nur sochadi, tongni kuting. Kulib yashang, g‘amlar ketsin va unuting, Peshonadir, taqdirimdan nolib netay, Onajonim, jannatlarga borib yetdim. Siz yig‘lamang… | |
| |
Просмотров: 1990 | | |