ANTIQA E'LON!
E'LON!!! Yuragimni yaxshi qo'llarga topshiraman ! — Assalomu alaykum, kechirasiz, men e'lon bo'yicha qo'ng'iroq qilayotgandim. Yuragini yaxshi qo'llarga bermoqchi bo'lgan odam sizmisiz? — Menman. — Ilgari foydalanilganmi? — Ha. U 3 yil mobaynida bir insonga ko'ngil bergan. — Hmm... 3 yil foydalanish — bu anchayin katta muddat ! Nima uchun berib yubormoqchisiz? — Avvalgi sohibi yurakdan belgilangan vazifa bo'yicha foydalangani yo'q. Uni tilib, og'ritgan, o'ynab, unga o'tkir tig'li buyumlar sanchgan... Yurak og'rinib, qon yig'lar, ammo har doim avvalgidek o'zining asosiy vazifasini bajarardi: uni sevardi... Kunlarning birida yurak sohibi uni oldiyu, sindirib, chilparchin qildi... — Qanday qilib sindiradi ?! Axir, siz tuzatishga bermadingizmi? Nima deyishdi sizga? — Qayta tiklashga yaramaydi... — Bo'lmasa nima uchun e'lon berdingiz? Nahotki, sizning chilparchin bo'lgan yuragingiz kimgadir kerak, deb o'ylasangiz? — Dunyoda uni parchalardan yig'ilib, tiklay oladigan inson borligiga ishonaman. O'sha inson bergan mehri va sarflagan vaqtiga achinmasligiga ishonaman. Yana shunga ishonamanki, u yurakka ikkinchi bor hayot bera oladi... — Men... men urinib ko'raman. Bu albatta, mashaqqatli, qiyin narsa, ammo natijasi bunga arziydi. Siz menga boror-bir kafolat bera olasizmi? Agar men uni asl holatiga keltirolsam, yuragingizni jonlantirolsam... u yana qancha muddat sevishga qodir bo'ladi? — To urishdan to'xtamagunicha... — E'londa qayd etishingizcha, uni bir shartga ko'ra berar ekansiz... — Ha. Men unga og'riq yetkazmasligingizga amin bo'lishim kerak. — Afsus, men kelajakni ko'ra olmayman. Sizga u boshqa azob chekmaydi, deb to'la ishonch bilan ayta olmayman... Ayni damda qila olishim mumkin bo'lgan narsa — bu uning evaziga sizga o'z yuragimni berishim... — Men roziman ! — Meni ham bitimimizning barcha shartlari qoniqtiradi. — Demak, ayirboshlash uchun ertaga uchrashamiz, shundaymi? — Ha. Ko'rishguncha, azizam. — Ertagacha, muhabbatim... | |
| |
Просмотров: 2939 | |