O'qing ammo yig'lamang
19Avtobusda odam unchalik köp emasdi. Bekatda 35 yoshlar atrofidagi bashang kiyingan ayol avtobusga chiqdi. Kun juda issiq, aksiga olib hamma joylar band, aksariyati özi tengi va yowi ulug'lar. Faqat orqaroqdagi örindiqlarning birida 14-15 yow atrofidagi qizcha jimgina köchani tomowa qilib ketardi. Ayol ösha tomonga yurdi. Lekin qizcha joy beriwni hayoliga ham keltirmasdi. Bunga sayin ayol asabiylawar, qizga burgutqaraw qilardi. Qizning e'tiborini tortish u-n yötalib qöydi. Qizcha yowi katta "xola"ga bir qarab qöydiyu yana bamaylixotir ötiraverdi. Ayol kun böyi tik oyoqda charchagandi. Xuddi hammasiga qizcha aybdordek unga jahl b-n qarardi. Xotirjam böliwga urinardi. "Yaxshiyam madaniyatli, tarbiyali ayolman, örnimda bowqasi bölganida bu qizaloqqa ham yaxshigina tarbiya berib qöygan bölardi",- hayolidan ötkazardi ayol. Avtobus juda imillab keyingi bekatga keldi. Yana 5-6 odam chiqqach ayol battar öng'aysizlana bowladi. Nihoyat u qarwisida ötirgan ayollardan biriga qizcha eshitadigan qilib gapirdi: "Biz yowligimizda avtobusga özimizdan kattalar chiqqanida joy berardik. Hozirgi bolalarga hayronman. Masalan manavi qizcha (qöli b-n körsatdi), ota-onasi har kuni nimani örgatadi, bilmadim. Ötiriwini qarang". Qizcha yarq etib ayolga qaradi. Ayol g'olibona nazarda qizchaga qarardi. U haq gapni aytganidan yuzida mamnuniyat sezilardi. Qizcha yerga qarab jim bölib qoldi. Keyingi bekatda avtobus töxtagach 23-24 yowlardagi bir yigit shoshib chiqib qizchaning yoniga keldi. -Akajon,- qizcha köz yoshlarini ortiq tiyolmadi. Akasi uni kötarib oldi. Ular haligi ayolning yonidan ötiwarkan, qizcha halitdan beri ularga ma'noli qarab turgan ayolga dedi: "Qaniydi ota-onam bölsa..." Ayol jim edi. U avtobusdan tuwib qizchani nogironlik aravachasiga ötqazayotgan yigitni kuzatib qoldi. "Uning ota-onasi 3 oy oldin avtohalokatga uchragan, faqat wu qizcha tirik qolgan", kimningdir ovozi ewitildi. Avtobus yurgan vaqtda qizcha ötirgan, böw örindiqqa qarab qolgan ayolning közlarida yosh tinmasdi | |
| |
Просмотров: 4302 | |