Muzlatgichdagi mahsulot istaganingizdek uzoq saqlanmayaptimi? Meva va sabzavotlar tezgina so‘lib, baliqning isi pishloqqa urib, kosadagi sho‘rva esa liqildoqqa aylanib qolyaptimi? Buning sababi muzlatgichda saqlash qoidasi, maqbul harorat rejimi va tegishlicha namlik darajasini bilmasligimizdandir. Quyida go‘sht, baliq, ko‘katlar va tayyor taomlarni muzlatgichda sifatli saqlashning yo‘llari bilan o‘rtoqlashamiz.
1.Har bir mahsulotning o‘z o‘rni bor Keling, avvalo muzlatgich qanday bo‘limlardan iboratligini va ularning o‘zaro farqini ko‘zdan kechiraylik. Sovutuvchi bo‘lmada harorat 0 va +8 oralig‘ida bo‘ladi. Farqini ko‘ryapsiz, shuning uchun bo‘lmaning turli joylarida saqlash sharoiti turlicha bo‘lishini nazarda tuting. Havo aylanishi hisobiga pastki shisha tokchaning harorati eng past bo‘ladi, shuning uchun unda go‘sht, baliq va qiymani saqlash mumkin (ammo bu mahsulotlarni uzoq saqlash uchun eng ma’qul joy muzxonadir). O‘rta tokchalarda harorat bir oz yuqori – unda tayyor ovqat, sut, yarim tayyor mahsulotlarni saqlaganingiz ma’qul. Uncha-munchaga aynimaydigan yog‘, tuxum, ichimliklar va souslarni tepa tokchada saqlasangiz ham bo‘ladi. Sovutuvchi bo‘lmaning eng pastidagi quti meva va sabzavotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. “Atlant” muzlatgichlarining ayrim turlarida “sarxil saqlash bo‘lagi” bor, unda berk qismda harorat nol darajada bo‘ladi. Bu ko‘katlar, sabzavot va meva hamda go‘sht va baliq saqlash uchun juda bop joydir. 2. Konteynerlardan foydalaning Bir mahsulotning hidi boshqasinikiga urib qolmasligi uchun plastik yoki shisha konteynerchalardan foydalaning. Bu konteynerchalar ishingizni juda osonlashtiradi: nafaqat, mahsulotlarni yangidek saqlaydi, balki muzlatgich ichidagi joyni ham tejaydi, ustma-ust joylashtirsangiz bo‘ladi. Konteynerchalardagi mahsulotlar saralangan holda turadi, istagan vaqtingizda topishga qulaydir. Agar sizda konteynerchalar bo‘lmasa, folga yoki oziq-ovqat plyonkasidan foydalaning. Bozorda mahsulotlar solib beriladigan polietilen paketlarni esa muzlatgichga yo‘lata ko‘rmang – undagi narsa po‘panaklab ketadi. 3. Alohida-alohida saqlang Salomatlik haqida gap ketganda mahsulotlarni alohida saqlash lozimligini eslatib qo‘ymasak bo‘lmaydi. Xom go‘sht va baliq bilan birga mevayu sabzavotni saqlash maqsadga muvofiq emas, qachonki, ular germetik o‘ralgan bo‘lmasa. Bunaqa holatda mahsulotlar bir-biriga zarar yetkazishi, natijada butun oila zaharlanishi mumkin. Xom go‘sht va baliqni muzlatgichga faqat konteynerchada yoki biror narsaga o‘ralgan holda qo‘yish shart. Meva va sabzavotlarni ham bir tokchada bir biriga yaqin holda saqlamagan ma’qul, ular bir-birining chirishini tezlashtiradi. 4. To‘g‘ri muzlating Muzxonasidagi harorat -18 darajagacha. Bu haroratda mahsulot juda tez muzlaydi va foydali moddalarining katta qismi saqlanib qoladi. “Atlant” muzlatgichlarining ayrim turlarida tez muzlatish funksiyasi bo‘lib, ichki bo‘lmaning haroratini -24 darajagacha tushirsa bo‘ladi. Go‘sht, baliq, qo‘ziqorin, sabzavot va meva-chevalarni alohida germetik paketlarda saqlash lozim. Hech qachon ularni qayta muzlatmaslik kerak, aks holda vitamin va minerallari yo‘qoladi, ta’mi buziladi. No Frost funksiyali muzlatgichlar bu masalada yaxshi yordamchidir. Muzlatilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar miqdori muzlatgich yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan miqdordagidan ortib ketmasligi lozim, aks holda bu jarayon ko‘p vaqtni oladi va kam saqlanadi. 5. Tozalikni saqlang Ha, faqat mahsulotlarni emas, tozalikni ham saqlashni unutmang. E’tiborsizlikka yo‘l qo‘ysangiz, muzlatgichingiz zararli bakteriyalar makoniga aylanadi. Ko‘plab muzlatgichlarning tokcha va qutilari joyidan olinadi, ularni tozalovchi vositalar bilan yuvib turing. Muzlatgichning ichki devorlarini nam latta bilan tez-tez artib turish kerak. Go‘sht yoki baliqning shirasi muzlatgich devori va tokchalarigi tushmasin. 6. Muzlatgichni to‘ldirib tashlamang Agar bu qoidadan chekinsangiz, harorat rejimi buziladi. Oqibatda, mahsulotlar ayniydi. Ayrim muzlatgichlarning o‘z-o‘ziga tashxis qo‘yish tizimi bo‘ladi va kamera keragidan ortiq iliq bo‘lsa ogohlantiradi. Mabodo, sizning muzlatgichingizda bunday funksiya bo‘lmasa, konserva, yormalar, sabzvotlar, berk idishdagi sharbat va souslar, qovun-tarvuzlarni sovuq iqlimda emas, xona haroratida saqlashingiz mumkin. | |
| |
Просмотров: 1563 | |