×

Alalal(30)


Eringiz «yursa», faqat uni ayblamang!

Sarlavhaga ko`zingiz tushishi bilan ichingizda allaqanday tuyg`ular g`alayon qildimi? «Kun bo`yi tinim bilmasam, qaynota-qaynonamning xizmatini qilsam, bolalarga qarasam, buning ustiga ishli ayolman, erimning xiyonatida nega men aybdor bo`larkanman?» deysiz-a, norozi bo`lib. Ammo tanganing ikkinchi tarafi ham bor-da. Yuqorida sanab o`tilganlar qatorida juftimizning sog`ingani, talpingani bo`lishni unutib qo`yamiz. To`g`rimi? Ayniqsa, farzand ko`rgach, jinsiy hayotni sekingina ikkinchi o`ringa surib, umr  yo`ldoshimiz oldidagi ayollik burchimiz yoddan ko`tariladi. Bu esa erkakning «yugurgilab» qolishi uchun o`zimiz yaratib bergan sharoitdir. Lekin vaziyatni o`nglash ham o`z qo`limizda! Buning uchun erkaklar jinsiy yaqinlikdan nimalarni istashlarini bilsak bo`lgani. Xatolarimizni to`g`irlashga ulguramiz!

MUTAXASSIS – OLIY TOIFALI ShIFOKOR, ANDROLOG-SEKSAPOTOLOG RAMAZON NAZAROV .

LIBOSINGIZ O`ZINGIZGA MOSMI?
Yotoqxona erkak va ayolning shaxsiy hududi. Shunday ekan, bu makonda juftingizning ko`zlarini quvnatadigan ko`rinishda bo`lishingiz shart! Etagi erni «o`padigan», bichimi kengligidan ichida «raqs» tushish mumkin bo`lgan tungi liboslaringizni tashlab yuboring. Ahir yoshingizga mos, bejirim va ko`zni yashnatadiganlari ozmi?! Uyalasiz?! Mana shu birinchi xatongiz.  Vaholanki, u sizning aksincha bo`lishingizni istaydi. Balki qarashlaringizni o`zgartirarsiz…

ODDIY EMAS!
To`y kunining ilk visol oqshomini eslaysizmi?  Yurak hapqirishi, hayajondan boshingiz aylanib, butun badaningizga titroq kirganichi, yodingizdami? Aslida erkak va ayolning yaqinligi doim ana shunday yoqimli hissiyotlar bilan boshlanishi kerak. Biroq turmushning ikkinchi yiliga kelib, bu masalaga juda oddiy ko`z bilan qaraladi. Mutaxassislar esa turmushning xoh o`ninchi yili bo`lsin, hoh o`n beshinchisi ayol o`ziga oro berib, yoqimli ifor bilan xisslarni «qitiqlay» olsa, erkak uchun hamisha sevimli bo`la oladi, deyishadi.

«JONIM» DENG,  JAHONINI BERADI!
Erkakning qiziqishini uyg`otuvchi usullardan biri  erkalovchi so`zlardir. Turmush o`rtog`ingiz jiddiy inson bo`lsa ham yolg`iz qolganingizda suyib, erkalashingizni istaydi. «Jonim», «Hayotim», «Borlig`im» shu kabi so`zlardan foydalanasizmi? «Uyat bo`lar» deganingiz nimasi?! Ikkingiz yolg`iz, yotoqxona devorlaridan bo`lak guvoh yo`q atrofingizda. Shunday ekan, juftingiz siz uchun qanchalik aziz, qadrli inson ekanligini ko`rsating.

ISTAKLARINI TUShUNING!
Yaqinlik vaqti juftingiz sizdan nima istashini bilasizmi? Bu muhim vazifani erkakning gardaniga tashlab qo`yib, tomoshabin bo`lish bilan kifoyalanmang-da. Unutmang, bu o`yinning ikki ishtirokchisi bor: u va siz! Xatti-harakatlarini tushunmasangiz, tortinmasdan so`rayvering. Erkaklar bu mavzuda so`zlashishni istashadi, hatto ba`zi vaqtlarda ayolidan tashabbus kutishadi. Er-xotinning nozik munosabatlarida hech qanday sir, hech qanday tushunmovchilik bo`lishi kerak emas. Aksincha, hammasi shunchalik shaffof bo`lsinki, bir-biringizga nigohingiz tushishi bilan nima istayotganingizni tushuning.

MAFTUN ETING!
Eringizga hech raqs tushib berganmisiz? Bu nima uchun kerak deysizmi?! Ba`zi erkaklarga aynan mana shu usullar yoqadi. Mayli, raqs bo`yicha uquvingiz bo`lmasin, to`y-hashamlarda ham tortinchoqdirsiz. Yotoqda buning aksini qilib ko`rsangiz-chi?! Uyali telefon apparatiyu, do`stlari bilan restoranlarda tomosha qiladigan arab raqqosalarining xirom aylashi juftingizni befarq qoldirmaydi. Og`zining suvi «qochma»sidan, unga o`zi istagan onlarni hadya eting. To`kis baxtingiz uchun sizdan nima ketdi?

«QOVOG`INGIZNI OChING!»
Ishonmasangiz, istagan erkakdan so`rang, «Ayolim kulib tursa bo`lgani» deyishadi. Hazil-mutoyibasiga javoban qovog`ingizni o`ysangiz, zarda qilsangiz, kamiga bolalar ham sizga sherik bo`lsa, sizni bag`riga bosishni istagan qo`llari havoda muallaq qoladi. Nozik munosabatlar to`g`risida-ku, yaxshisi indamay. «Sovuq»  muomala erkakni uzoqlashtiradi. Maylini qaytaradi. Shu payt tashqaridan kimdir ko`ngliga qo`l solguday bo`lsa, suyangani siz emas «U» bo`ladi. O`ylab ko`ring…

ChIROQLAR O`ChIRILSIN!

«Qorong`ulikdan qo`rqaman! Chiroqni yoqib qo`ying.» Aksariyat ayollarning boshlanadigan diydiyosi shu. Ammo birgina gapingiz juftingizning jonlanayotgan tasavvurini yo`qqa chiqaradi. Bu esa o`z navbatida erkakning etarlicha qoniqmasligiga sabab bo`lishi mumkin. Ana undan keyin sizni tergasa, o`zingizdan o`pkalang. Yorug`lik nurini istaysizmi, kichik shamdonlar sotib oling-da, yotoqxonangizni bezating.

QIZIQTIRING…
Er-xotinning jinsiy munosabatlari to`g`risida qo`llanmalar, tanadagi erogen nuqtalar joylashuvi, qay hollarda ular qo`zg`aladi, qanday usullar erkakni “jonlantiradi” – bular haqida ilmiy nashrlar talaygina. Turmush o`rtog`ingizning sizga e`tibori kamayganini sezsangiz, o`z ustingizda ishlang. Oqila ayol, namunali kelin va yaxshi ona bo`lish uchun kitob varaqlaysiz-ku! Yoringizga yoqish uchun ham shunday qilsangiz nima bo`libdi?! O`rganganlaringiz to`g`risida juftingiz bilan fikr almashing. Bir-biringizni yaxshiroq tushuna boshlaysiz. U ham sizdagi o`zgarishni ko`rib, muhabbati alanga oladi.

Ertalab…
O`rta yoshli erkaklarning mayli asosan ertalab, aniqrog`i kunduzi faollashadi. Tabiiyki, ayol buni xushlamaydi. Chunki nonushta tayyorlashi, bolalarni maktab-bog`chaga hozirlashi, ustiga-ustak o`zi ham ishga borishi kerak. Xo`sh, qanday murosa qilamiz? Har kuni bo`lmasa ham kunora, doimgidan ertaroq uyg`oning. Atigi bir soat oldin. Umr yo`ldoshingizga u istagan kayfiyatni bahshida etish uchun bir soatlik uyqingizdan voz kecholasiz-ku, to`g`rimi?! Hatto nozik «muomala» bo`lmasa ham shunchaki suhbatlashish mumkin. Bu ham o`rtadagi «devor»ni qulatadi.

ShIFOKOR FIKRI
Nilufar BO`STONOVA, oliy toifali shifokor-ginekolog:

–  Jinsiy yaqinlikning ayol organizmi uchun foydali jihatlari haqida ko`p gapiramiz. Men farzand ko`rishdagi ahamiyati to`g`risida to`xtalmoqchiman. Yaqinlik er-xotin tomonidan o`zaro hamfikrlikda, ikkisining xohishiga ko`ra kechishi farzand ko`rish ehtimolini oshiradi. Chunki, bunda jinsiy qo`zg`alish ayol organizmini bo`shashtiradi, jinsiy bezlar qo`zg`alib, gormonlar ajralishi faollashadi. Tuxum hujayrasining etilishi, ovulyasiya jarayoni ham normallashadi. Shu sababli farzand ko`rishni rejalashtirgan oilalarga jinsiy yaqinlik vaqti bir-biringizga quloq tuting, er ayolining ko`ngliga qarasin, ayol esa juftining xohishini o`rgansin deymiz. 

ERKAKLAR NIMA DEYDI?
–  Ishxonamda yosh, chiroyli ayollar ko`p. Bari o`ziga qarab, oro berib yuradi. Kun bo`yi atrofingizda go`zal qiz-ayollar bo`lganidan keyin tabiiyki rafiqangizni ham o`zgacha ko`rinishda istarkansiz. Ammo u buni tushunmaydi. Yotoq kiyimining yangisini olsang-chi, desam, «hali oxori to`kilmadi, pul sarflab nima qilasiz?» deydi. «Xo`p» desa, har oy yangisidan olib beraman-ku, ahir.

–  Uylanganimga 8 yil bo`ldi. Rafiqamdan nolimayman, yaxshi ayol. Ammo yaqinlik masalasida fikrimiz bo`linadi. Unga xatti-harakatlarim yoqmaydi. «Yoshingizga yarasha ish qiling» deb shashtimni qaytaradi nuqul.

–  Ayollarni ranjitishni istamasdimu, lekin «charchadim» degan so`zni kamroq aytishsa yaxshi bo`lardi. Bilaman, kun bo`yi tinim bilishmaydi. Ammo biz ham ulardan kam mehnat qilmaymiz. Uyga kelib suyganingni erkalay deysan-u, bola bahonasida o`zi ham uxlab qolganini ko`rsang, asabing buziladi.

–  Shirin so`z, e`tibor va mehr! Menga boshqa hech narsa kerak emas. Xato-kamchiliklariga ham ko`z yumaman. Yana men bilan suhbatlashsin. Gohida soatlab so`zlashishni istayman. Ba`zan u buni rad etsa, boshqasi bo`lganida ehtimol bunday qilmasmidi deb o`ylab qolaman.

–  Xotinim meni yaxshi ko`radimi-yo`qmi bilmayman. Yolg`iz qolganimizda juda ham eshitgim keladi. Biroq savolimga javoban «haliyam bolasiz-a» degan ta`nani eshitaman. Ha, biz erkaklar ayolimizga bolalarcha erkalik qilishni istaymiz. Buning uchun bizni ayblamang.

manba: Darakchi.uz

Категория: Советы для женщин | Добавил: s1_official (26.09.2016)
Просмотров: 2568 | Рейтинг: 1.0/3
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1