Nikoh uzugi tanlashning 8 oltin qoidasi
| 
 Turli geometrik shakllar va uchli toshlar bilan bezatilgan uzuklarni tanlamaganingiz ma`qul. Axir uni faqat to`y kuni emas, boshqa kunlarda ham taqishingizga to`g`ri keladi. Shunday paytlarda kiyimlaringizga ilinib qolib, noqulaylik tug`dirishi mumkinligini  ham inobatga oling.Yodingizda bo`lsin, issiq va sovuq kunlarda barmoq hajmi o`zgarib turadi. Shuning uchun juda siqib turadigan yoki ancha keng uzuklarni tanlamagingiz maqsadga muvofiq. zargarlik do`koniga borishdan avval ko`p suv ichmaslikka harakat qiling. Aks holda barmoqlaringiz shishib ketadi.Qimmatbaho metaldan tayyorlangan uzuklarning namunasiga e`tibor qarating. 585-namunali uzuklar mustahkamligi bilan ajralib tursa, 750-namunadagilari esa jilokorligi  tufayli mashhur.Yodingizda bo`lsin, uzun va ingichka barmoqlarga katta bezakli, hajmdor uzuklar yarashmaydi. Aksincha, nozik ko`rinishda ishlanganlariga diqqat qiling. Yo`g`onroq barmoqlarga esa o`rtacha kattalikdagi uzuklarni tanlagan ma`qul.Agar boshqa taqinchoqlaringiz kumushdan ishlangan bo`lsa, nikoh uzugining oq tilladan ishlangan turiga e`tibor qarating.Uzukning vazni ham ahamiyatga ega. Mutaxassislar nikoh uzugi 4 grammdan og`ir bo`lmasligi kerakligini aytishmoqda. Aks holda har kuni taqqaningiz tufayli, barmog`ingizga og`irlik qilib noqulaylik tug`dirishi mumkin.Agar uzuklar dizayni borasida bir qarorga kela olmasangiz klassik uslubda ishlanganlariga ixtiyor beravering. Chunki bunday uzuklar sira urfdan qolmaydi.Turmush o`rtog`ingizning barmog`ida doim nikoh uzugini ko`rishni istasangiz, uzuk tanlay turib o`z fikringizda qat`iy turib olmang. Uning didini ham inobatga oling. Axir uzunki taqadigan u. | 
| Категория: Советы для женщин | Добавил: s1_official (06.10.2016) | 
	| Просмотров: 3708 
 | Рейтинг: 1.1/14 |