Olcha Yarim stakan quritilgan olcha mevasi ustiga 2 stakan suv quying. Ustini yopgan holda past olovda suvining uchdan bir qismi bug`lanib ketguncha qaynating. Qaynatmani sovutib, kun davomida ichib tugatish kerak. Maymunjon (ejevika) Maymunjonning quritilgan barglari va mevasidan (dorixonalarda sotiladi) 2 osh qoshiq olib, ustidan 2 stakan qaynoq suv quying. Shu holda 6-8 soat termosda qoldiring. Qaynatmani iliq holda yarim stakandan kuniga 4 marta ichiladi. Qulupnay yoki malina Qulupnay yoki malinaning quritilgan mevalaridan 2 osh qoshiq olib, ustidan 1 stakan qaynoq suv quying. 3 soat davomida tindirib qo`ying. Kuniga 3 marta 1 stakandan ichiladi. Uchinchisini uyqudan oldan bir choy qoshiq asal bilan qabul qilinadi. Jo`ka (lipa) daraxti guli 1 osh qoshiq quritilgan jo`ka gullari ustidan 1 stakan qaynoq suv quyib, 20 daqiqa tindiring. So`ng dokadan suzib olib, sovuting-da, 1 osh qoshiq asal qo`shing. Qaynatmani uyqudan oldin iliq holda yarim stakandan ichiladi. Malina Bir piyola issiq choyga 1 choy qoshiq malina murabbosi (yoki quritilgan mevalari)dan qo`shing. Ho`plab iching-da, o`ralib yoting. Chakanda (oblepixa) 1 osh qoshiq chakanda murabbosi yoki tuyilgan mevasi ustidan 1 stakan qaynoq suv quyib, past olovga qo`ying. 10 daqiqa qaynatgach, olovdan olib, qopqog`ini yopgan holda 2 soat tindiring. Dokadan o`tkazib, tungi uyqudan oldin iliq holda mayda ho`plab ichiladi. Arpa yormasi (perlovka) Yarim stakan yorma ustidan 2 stakan suv quyib, past olovda 10-15 daqiqa qaynating. Keyin tindirib, sovuting. Qaynatmadan tungi uyqudan oldin yarim stakan ichiladi. Ta`mini yaxshilash uchun 1 choy qoshiq asal qo`shish mumkin. Qorag`at (smorodina) Quritilgan qorag`at shoxchalaridan qaynatma tayyorlang. Mayda qilib bo`laklangan bir uyum shoxchalar ustidan 4 stakan suv quying. 5 daqiqa baland olovda qaynating. Keyin olovni pasaytirib, 4 soat qaynatishda davom etasiz. Oxirida dokadan o`tkazib oling. Kuniga 3-4 marta iliq holda 1 stakandan ichib turiladi. Ta`mini yaxshilash uchun biroz asal yoki qorag`at murabbosi qo`shish mumkin. Olma va piyoz Bir dona olma va bir bosh piyozning suvini siqib olib, yaxshilab aralashtiring. Keyin 1 osh qoshiq asal qo`shib, yana bir marta aralashtiring. Aralashmani uchga bo`lib, shu uch qismni kun davomida ichib tugatish kerak. | |
| |
Просмотров: 1566 | |