10 daqiqa: gipertoniya bezovta qilmaydi! Bir kunda 4 marotaba 10 daqiqadan piyoda yurishni odat qilsangiz, qon bosimingiz me`yorda bo`ladi. 15 daqiqa: badantarbiya Tez-tez qadamlar bilan kuniga 120 odim tashlasangiz, 15 daqiqadan 100 kkal.dan xalos bo`lasiz! Mana, sizga ozishning arzon va qulay usuli! 20 daqiqa: xotirjamlikka erishasiz! Asabiy ish kunining «yuk»laridan xalos bo`lmoqchimisiz? Unda har kuni 20 daqiqagina piyoda yuring. Natija sizni, albatta, xursand qiladi. Yana chekishni tashlashni istaganlar, xumor tutganda, 20 daqiqa piyoda yursalar, bu xohish ayni shu daqiqalarda o`z-o`zidan yo`qolarkan. 25 daqiqa: kayfiyatingiz ko`tariladi! Toza havoda, hatto, yomg`irli kunda, yolg`iz yoxud ko`ngilga yaqin insoningiz bilan atigi 25 daqiqagina sayr qilsangiz, shirin xotiralarni eslaysiz, qalbingiz yangi va ezgu orzularga to`ladi. Natijada o`zingizni baxtli his qilasiz. 35 daqiqa: stressga qarshi! Tushkunlikni yengish uchun vaqtingizni ayamang! Axir sizdan nima ketdi? 35 daqiqa toza havoda sayr etsangiz bas! 45 daqiqa: shamollashga yo`q deymiz! Amerikalik olimlar 45 daqiqa davomida marafonda qatnashgan ishtirokchilarning 50 foizi shamollashni engib o`tishganini ta`kidlashadi. Chunki aynan piyoda yurganimizda mikroblar va viruslar taslim bo`larkan. Demak, ayni kunlarda sayr qilishni unutmang! 60 daqiqa: yurakka foyda Britaniyalik olimlarning aniqlashicha, har kuni 1 soat davomida piyoda sayr qilgan kishilar yurak xastaliklariga kamroq duchor bo`lisharkan. | |
| |
Просмотров: 1407 | |