| Yosh onalar ko`pincha chaqaloq nima sababdan yig`layotganini bilolmay xunob bo`ladi. Quyida chaqaloq yig`isining asosiy sabablarini keltirib o`tamiz.   Och bo`lsa…Ochiqqanini bola odatda to`satdan yig`lash bilan ma`lum qiladi. Goho u ovozini baland ko`tarib qattiq yig`laydi. Bunda a`zoi badani larzaga kelib, bola qo`llarini oldinga cho`zadi, yuzi qip-qizarib ketadi.
 Sovqotsa…Bola hayotining dastlabki 3 oyida sovqotadi. Bunday hollarda u to`satdan qattiq chinqirib yig`laydi va bu yig`i asta-sekin past ovoz bilan davom etadigan hiqillashga aylanadi. Hiqichoq tutishi bolaning sovqotayotganini ko`rsatadigan ishonchli belgidir.
 Qorni dam bo`lsa…Ko`pincha bola birmuncha qisqa yoki uzoqroq vaqt oralab kalta-kalta qichqirib turadi. Agar u qattiq qichqirsa, oyoqlarini tipirchilatib, ko`zlarini mahkam yumib oladi, peshonasi tirishib turadi.
 Issiqlab ketsa…Bunday hollarda dam qattiqroq, dam sekinroq hiqillay boshlaydi. U besaranjom bo`lib, qo`l va oyoqlarini har tomonga tashlaydi, panjalarini musht qilib oladi.
 Tagi ho`l bo`lsa…U buni hiqillash bilan ma`lum qiladi. Hiqillashi dam pasayib, dam zo`rayib turadi, lekin to`xtab qolmaydi.
 Zeriksa…Yura olmaydigan va o`ziga ovunchoq topa olmaydigan vaqtlarda bolalar goho zerikadi. Bundan noroziligini yig`lamsirab g`ingshish orqali ma`lum qiladi. 4 oylik bola esa zerikkanda ovozini baralla qo`yib yig`laydi, tin olib, yana ayyuhannos solishi mumkin.
 Ho`qna qilishBolalarga ho`qna(klizma) qilish uchun odatda rezina ballondan foydalaniladi. Ishlatiladigan suv miqdori yoshiga qarab quyidagicha bo`ladi:
 1 oylikkacha 2 osh qoshiq1 oylikdan 3 oylikkacha ⅓ stakan
 3 oylikdan 6 oylikkacha yarim stakan
 6 oylikdan 2 yoshgacha 1 stakan
 2 yashardan 5 yashargacha 1,5 stakan
 5 yashardan 9 yashargacha 2 stakan
 9 yashardan 12 yashargacha 2,5 stakan
 |