Stressni tez bartaraf qilishning 5 yo‘li
Zo‘r berish stressga olib keladi, stress esa o‘z navbatida sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Stressni tez ketkazish uchun ruhshunoslar maslahatlaridan foydalaning. Hatto sizning 5 daqiqagina bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa ham, sayr qiling. Bu bevosita zo‘riqish manbaidan biroz bo‘lsa-da uzoqlashish va tinchlanish uchun, xolos. Faqat bir necha daqiqaga, xayolni bir joyga to‘plash maqsadida. Agar siz chinakamiga charchagan, ta’bingiz xira yoki bezovta bo‘lsangiz siz uchun eng yaxshi mashg‘ulot — kitob o‘qish. Ayniqsa bu qiziqarli va kayfiyatni ko‘taruvchi asar bo‘lsa yanada yaxshi. Kitob o‘qish sizni bezovta qilayotgan muammolardan chalg‘itadi. Agar sizda kuchli stress bo‘lsa, kofein yordam berolmaydi. Bir piyola iliq, tinchlantiruvchi o‘simlik choyi juda yaxshi ta’sir qiladi. Maza qilib kulsangiz, taranglashgan asablaringiz tezda tinchlanadi. Yana ishga qaytganingizda o‘zingizni biroz xayolingiz bir joyga to‘plangan va tayyorlangandek sezasiz. Agar uyda bo‘lganingizda stress holatini his qilsangiz, yostiqni bir necha marta urish sizga yordam berishi mumkin. Har urganingizda musht orqali stress qanday chiqib ketayotganini tasavvur qiling. | |
| |
Просмотров: 1375 | | |