Agar bo'yningiz og'riyotgan bo'lsa
Og'riqdan eng yaxshi vosita bu - issiqlik, yengil uqalash, yengillashtirilgan jismoniy tarbiya va profilaktika - bo'yin uchun 1-5 daqiqalik kunlik o'tirgan yoki turgan holatdagi individual mashqlar. 1. Og'riq qoldirish uchun xalq tabobatidan retseptlar. * Karamning 2dona yaprog'ini oling, 1tasini xo'jalik sovuni bilan ishqalang va ustiga iste'mol sodasini seping, ustiga 2chisini yoping. Toza tomoni bilan og'riyotgan joyingizga bosing va yungli sharf bilan kechasiga o'rab qo'ying. * 4 choy qoshiq saryog'ni 1choy qoshiq atkuyrugu o'tini maydalanganini aralashtiring, kachasiga og'riyotgan joyingizga surting, ustidan kompress qog'ozi yoki plenka qo'yib, issiq sharf bilan bog'lab qo'ying. * Og'riqdan dam badam qutilish uchun oddiy mashqlar yordam beradi - burningiz bilan havoda 1dan 10 gacha bo'lgan raqamlarni chizing yoki 2-3 harfdan iborat so'zlarni yozing. Boshida kichik ampletuda bilan, keyinchalik esa kayfiyatingizga qarab. * Ko'rsatish barmoqlaringizning yumshoq yostiqchalari bilan bo'yningizda 5-6sm umurtqangizdan yuqorida, chanog'ingizdan pastda ( qulog'ingizdan 3sm) joylashgan 2 kerakli nuqtalarini 1-2 daqiqa uqalab, og'riqdan halos bo'lsa bo'ladi. 2. Mashqlar (imkon qadar bir kunda hech bo'lmasa bir marta) - Bo'yinning peshanaga qo'yilgan, chakkangizga qo'yilgan, dahaningizga qo'yilgan qo'lingizga qarama qarshi harakat, pastga tepaga bo'yinni bukish 5-15soniya. - Maksimal darajada ikki yonga boshni qayirish, sekin 5martadan. - Qulog'ingizni ikki yelkaga teqqizishga harakat qiling, sekin asta 5martadan. - Boshingizni aylana bo'ylab harakatlantiring, avval o'ngga so'ng chapga 5martadan sekin. | |
| |
Просмотров: 1136 | |