Kuzning dam issiq, dam sovuq «kayfiyati» kimnidir yo`talga, kimnidir esa aksirishga «majbur» qiladi. Bunday paytda havoda «sayr» qilib yurgan infeksiyalarni yuqtirib olish juda oson. Biroq immunitetimizni mustahkamlasak, hech qanday muammo bo`lmaydi. Bu ishni harajatlarsiz va tezkor yordamlar bilan amalga oshiramiz. Juda oson, foydali, va muhimi, uy sharoitida tayyorlasa bo`ladigan reseptlar bilan tanishtiramiz! Immunitetni tushuruvchi omillar
Uy sharoitida… 1. 0,5 l. qizdirilmagan pista yog`iga 500 gr. maydalangan sarimsoqpiyozni solib, 3 kunga salqin joyga qo`yib qo`ying. So`ng unga 300 gr. arpa donidan solib, muzlatkichda saqlaymiz. 1 oy davomida ovqatlanishdan yarim soat oldin 1 choy qoshiqdan 1 kunda 3 marta ichiladi. Ushbu muolajani 2 yilda 1 marta qilish kerak. 2. 1 l. suyuq asalga 10 ta limon sharbati va 10 bo`lak sarimsoqpiyozni solib, 1 hafta davomida og`zi yopilgan bankada saqlang. Xar kuni 1 martadan 4 choy qoshiqdan qabul qiling. Muolaja davomiyligi — 2 oy. 3. 200 gr. asal 100 ml. limon sharbati va 50 ml. o`simlik yog`ini aralashtirib, 1 choy qoshiqdan nahorda och qoringa iching. 4. 10 tomchi sarimsoqpiyoz sharbatini iliq sut bilan aralashtirib, uxlashdan oldin ichishni odat qiling. 5. 2 bosh piyozni maydalab, 200 gr. shakar bilan aralashtiring-da, 500 ml. suv solib, past olovda 1 yarim soat qayting. Sovugach, 2 osh qoshiq asal solamiz. Bir osh qoshiqdan bir kunda bir necha marta ichish mumkin. 6. 300 grammdan o`rik turshagi, tozalangan yong`oq va mayizni 3 dona limon po`stlog`i bilan go`shtiqiymalagichdan chiqaramiz va 1 osh qoshiq asal solib, aralashtiramiz. Aralashmani 1 osh qoshiqdan har kuni qabul qiling. 7. 2 ta o`rtacha kattalikdagi olmani po`stlog`idan tozalab, 100 gr. maydalangan yong`oq bilan aralashtiramiz-da, 2 ta limon sharbati va 1 osh qoshiq asal solamiz. Och qoringa 1 osh qoshiqdan bir kunda bir necha marta eyish mumkin. Tavsiya etamiz!
Mustahkam immunitet organizmingiz himoyasidir! Immun tizimi kuchli bo`lishining eng katta siri, bu — xush kayfiyatda bo`lish. Kulib yuring, kasal bo`lmaysiz! manba: Darakchi.uz | |
| |
Просмотров: 1415 | |