×

Alalal(30)


php tarihi
salom bugun men php yaratilishi haqida yozmoqchiman hulas gapni ko'p qilmasdan maqsadga o'ta qolay
P HP 1995 yili, Rasmus Lerdorf Perl/CGI da internet site`ga kirganlarning qanchaligini hisoblovchi kichik bir programmacha yozdi. O`sha vaqtda bundan ishlarni bajaruvchi hech qanday programma bo`lmagan, shuning uchun unga judayam ko`p hatlar kelib, uni qanday qilganligini so`rab surishtirishni boshlashgan. Shunda Lerdorf o`zining bu kichik programmasini yani PHP(Personal Home Page yoki Hypertext Processor) ni tekinga tarqatishni boshlagan.
Bundan tez tarqalib, juda ko`p qo`lanishni boshlanganini ko`rgan Lerdorf PHP ni ishini yani hususiyatlarini, qo`shimcha komandalarini kengaytirishni boshlaydi. Vaqti kelib Perl uning uchun kamlik qilib u bu programmani C programmalash tilida yozishni boshladi va PHPni ishlab chiqarishda butun dunyo programistlari qatnasha boshlashdi.
PHP/FI, Personal Contents Page / Forms Interpreter, xozirgi PHP asosiy funktsionalligiga ega edi. U Perl-kabi o`zgaruvchilar, forma o`zgaruvchilari avtomatik interpretatsiyasi va HTMLga qo`llangan sintaksisga ega edi. Sintaksis o`zi Perlni eslatardi, faqat cheklangan, soddalashtirilgan va to`la bo`lmagan. 1997 yilda PHP/FI 2.0, C-realizatsiya ikkinchi versiyasi, butun dunyo bo`yicha bir necha ming muxlislarga ega bo`lib, taxminan 50,000 domenlarga o`rnatilgan edi. Bu hamma Internet domenlarning 1% tashkil qilar edi. Ko`p odamlar o`zlarining kod bloklarini bu loyiha uchun taklif qilganlari uchun, u bir kishining loyihasi bo`lmay qoldi. PHP/FI 2.0 rasmiy ravishda faqat 1997 yil noyabrida chiqarildi. Ungacha u asosan beta-relizlar shaklida mavjud edi. SHundan so`ng ko`p o`tmasdan birinchi alpha PHP 3.0 paydo bo`ldi.
PHP 3 .0 bugungi PHP ga o`xshagan birinchi versiya edi. Uni andi Gutmans va Zeev Suraski 1997 yilda to`la qaytadan yozilgan til sifatida yaratdilar, chunki ular PHP/FI 2.0 tilini o`zlarining eCommerce-ilovalarini yaratish uchun etarli imkoniyatga ega emas deb topdilar. Kuchlarni birlashtirish uchun, andi, Rasmus va Zeev PHP 3.0 ni PHP/FI 2.0 rasmiy vorisi sifatida yaratdilar va e`lon qildilar. Natijada PHP/FI 2.0 rivojlanishi to`xtadi. PHP 3.0 eng kuchli tomonlaridan biri uni kengaytirish imkoni edi. CHekli foydalanuvchilarga har xil ma`lumotlar bazalari, protokol va aPI lar uchun mustaxkam infrastruktura, hamda kengaytirish imkoniyatini yaratgani uchun, o`nlab foydalanuvchilarni yangi kengaygan modullar yaratishga undar edi. Balkim PHP 3.0 o`ta mashxurligi sababi shundadir. PHP 3.0 asosiy xusuiyatlaridan biri ob`ektga yo`naltirilgan sintaksis edi. Tilga PHP: Hypertext Preprocessor deb nom berildi.
1998 yil oxiriga kelib PHP o`ng minglab foydalanuvchilar va yuz minglab Web-saytlar uchun asos bo`lib qoldi. Eng mashxur bo`lgan paytda PHP 3.0 taxminan Internet Web-serverlarining 10% ga o`rnatilgan edi . PHP 3.0 rasmiy ravishda 1998 iyunida 9 oylik oshkora testlashjan so`ng chiqarilgan edi.
PHP 4.1998 yil qishida PHP 3.0 rasmiy e`lon qilingandan so`ng, Andi Gutmans va Zeev Suraski katta amaliy dasturlar bilan ishlashda unumdorligini oshirish va PHP kodli bazasi modulligini oshirish maqsadida PHP yadrosini qayta ishlashga kirishdilar. Bunday amaliy dasturlar yaratish PHP 3.0 da mumkin edi, lekin PHP 3.0 murakkab kompleksli amaliy dasturlarga xizmat qilish uchun yaratilmagan edi. Yangi mashina, 'Zend Engine' (yaratuvchilar nomlari asosida - Zeev va Andi), bu masalalarni muvaffaqiyatli xal qildi va 1999 o`rtasida paydo bo`ldi. Bu mashinaga asoslangan va ko`pchilik yangi imkoniyatlarga ega bo`lgan PHP 4.0, rasmiy ravishda 2000 yil mayida, PHP 3.0 dan ikki yil keyin chiqarildi. ancha oshgan unumdorlikdan tashqari bu versiyada PHP 4.0 quyidagi imkoniyatlarni kiritdi: katta sondagi Web-serverlar, HTTP-sessiyalarni qo`llash, chiqarishni buferlash, foydalanuvchi kiritishi bilan xavfsiz ishlash usullari va tilning turli yangi konstruktsiyalari. PHP 4 xozirda PHPning oxirgi versiyasidir. Zend Engineni PHP 5.0 ga integratsiya qilish uchun yaxshilash va modifikatsiya qilish ustida ish boshlangan.
Hozirgi kunda PHP yuz minglab dasturchilar tomonidan foydalanadi va bir necha million saytlar uni o`rnatilgani haqida ma`lumot beradilar,bu jesa Internet domenlarning 20% dan ortiqdir. PHP yaratuvchilari komandasi o`nlab dasturchilardan hamda, PHP bilan bog`liq PEAR va xujjatlash loyihalari kabi loyihalar ustida ishlovchilardan iborat.
Категория: PHP скрипты и уроки | Добавил: osa (14.05.2016)
Просмотров: 1427 | Рейтинг: 1.0/8
home-page--v1 messaging- mms tasks--v1