maqolalar » Dasturlash »PHP »PHP dasturlari
PHP dasturlari
PHP dasturlari ikki usulda bajarilishi mumkin: Web-server tomonidan stsenariy ilovasi va konsol dasturi sifatida.
Bizning maqsadimiz web ilovalarni dasturlash bo`lgani uchun asosan birinchi usulni ko`ramiz.
PHP odatda Internet bilan bog`liq dasturlar yaratish uchun ishlatiladi. Lekin PHP dan komanda satrlar interpretatori, asosan Unix tizimlarda foydalanish mumkin. Oxirgisi CORBA va COM interfeyslar hamda PHP-GTK kengaytmasi yordamida mumkin. Bu xolda quyidagi masalalarni echish mumkin:
Interaktiv komanda qatorlari yordamida ilovalar yaratish
Kross-platformali GUI ilovalarni PHP-GTK bibliotekasi yordamida yaratish
Windows va Linux uchun ba`zi masalalarni avtomatizatsiya qilish
Serverga brouzerning murojjat qilishida yordamida php-stsenariylari bajarilishini ko`rib chiqamiz. avval brouzer .php kengaytmali sahifani so`raydi, so`ngra web-server dasturni PHP mashinadan o`tkazadi va natijani html-kod shaklida qaytaradi. agar standart HTML sahifani olib, kengaytmasini .php ga o`zgartirilsa va PHP mashinadan o`tkazilsa, foydalanuvchiga o`zgartirmasdan qaytaradi. Bu faylga PHP komandani qo`shish uchun, PHP komandalani maxsus teglar ichiga olish kerak. Bu teglarning 4 xil shakli mavjud bo`lib, ixtiyoriysidan foydalanish mumkin:
1.XML qayta ishlash instruktsiyasi:
2.SGML qayta ishlash instruktsiyasi:
3.HTML stsenariylari qayta ishlash instruktsiyasi:
4.ASP uslubidagi instruktsiya:
Biz XML yoki SGML uslubiga rioya qilamiz.
xususan biror blok ichida PHPdan chiqish mumkin, faqat keyinchalik yana uning ichiga kirib kodni tugatish sharti bilan, quyidagi konstruktsiya mumkin:
PHP da echo komandasi web - sahifalarda uchraydigan har qanday ma`lumotni( matn, HTML ajratuvchi simvoli, son) chiqarish uchun qo`llanadi. Uning ma`nosi misolda ko`rsatilgan.
|